FOTO SAN’ATI

FOTO SAN’ATI — badiiy ijod turi; asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy san’at turi. Badiiy madaniyatda Foto san’atining alohida o’rin tutishi fan (fizika, kimyo, optika) va texnikaning ma’lum yutuqlari zaminida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan texnikaviy san’at tarixida dastlabkisi bo’lganligi bilan belgilanadi. 20-asr o’rtalarida texnikaviy san’at turlari guruhi kinematografiya (kino san’ati), televideniye, radio san’ati, dizayn va boshqalar bilan boyigan. Foto san’ati ijodning keng soxasiga aylandi hamda uning tarkibida hujjatli Foto san’ati, badiiy fotografiya va amaliy Foto san’ati (plakat, kitob bezagi, reklama va boshqalar uchun) mustaqil ko’rinishlar sifatida shakllandi. Bu yangi texnika vositasi — tasvirni muhrlash yuzaga kelgan kundanoq tasviriy san’at namoyandalari unga murojaat qildi. Fotografiya ixtirochisi LuiJak Dagger asli rassom bo’lib, uning dastlabki suratlari rangtasvirning an’anaviy portret, manzara va natyurmort janrlari yo’lida yaratildi. Ilk davr fotografiyasi ochiqdanochiq rangtasvir asarlariga taqlid qildi; 19-asr tasviriy san’atidagi fotografiyada o’zining ikkinchi nusxasiga ega edi. Badiiy fotografiya nomini olgan bu yo’nalish asoschilari Foto san’ati yuksak tasviriy madaniyatga erishishi, nafis san’atlar bilan uzviy bog’lanishi uchun qariyb 3 asr davomida tanikli ijodkorlarning katta mehnati singgan. Foto san’ati tarixida E. Maybrij (AQSh) tomonidan turli ko’rish nuqtalaridan bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqea bo’ldi. Bu yangilik tufayli 20-asr 1-choragida Foto san’atida Real borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi. 2-jahon urushi davridagi reportajlar Foto san’atining yangi taraqqiyot bosqichi bo’ldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qo’shdilar. 1950 — 80 yillar hujjatli Foto san’ati jahonning eng yirik agentliklari tomonidan jo’natilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi. O’zbekiston hududiga 19-asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan ko’plab sayyohtijjorlar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigasiya) san’ati, qishloq xo’jalik, nafis hunarmandchilik san’ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarkatishgan. Dastlabki o’zbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907-08 yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o’rganish bilan birga o’sha davrning eng ilg’or fototexnikasini olib kelgan va juda ko’plab o’ta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari bo’lgan fotosuratlar yaratgan. O’zbekistonda chinakam Foto san’atining asochilaridan biri M.Z. Pensonair. U 20-asrning 20-yillaridan to 50-yilgacha O’zbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qo’shdi. Uning «O’zbek madonnasi», «o’g’il savod chiqardi» va boshqa suratlari mashhurdir. 1940-yillarda O’zbekiston Foto san’ati ijodiy uslublari ko’paydi, janriy shakllar ortdi, fotograflar turli sohalar bo’yicha ixtisoslasha bordi (masalan, E. Yudiskiy — me’morlik, K. Romeev — teatr, A. Palexov — portret, R. Albekov — bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov — maishiy janr, S. Mahkamov — madaniyat bo’yicha ixtisoslashdi). O’zbekiston jurnalistlar uyushmasi fotosektsiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika Foto san’ati rivojida muhim rol o’ynadi. Milliy istiqlol tufayli o’zbek fotografiyasi tamomila yangicha rivojlanish yo’liga ega bo’ldi. Jahon fotosan’atining o’ta muhim o’rni, ahamiyatini nazarda tutgan holda 2002 y.da O’zbekiston Ba tarkibida «Toshkent foto uyi» tashkil etildi. R. Shagaev. «Kelin» (2000). F. Qurbonboev, R. Shagaev, N. Muhammadjonov, K. Minaychenko, M. va D. Penson, T. Zelma, V. Vyatkin, Tursun Ali, Sh. Usmon, V. An, V. Sokolov, R. Yarullin kabi fotoustalar O’zbekiston Foto san’atida samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar. 1, 2-xalqaro Toshkent foto biennalesi «Mo»tabar qariyalarimiz», «Mahalla — men yashayotgan olam», «suv — bu hayot demakdir» (2003 yil BMT bilan hamkorlikda), shuningdek, 2003-2004 yillarda «O’zbekiston: sevgi izhori» ochiq respublika havaskor fotorassomlari uchun an’anaviy tarzda xalqchil fototanlovi o’tkazildi. O’zbekiston fotoustalari nufuzli xalqaro fototanlovlarda yuksak o’rinlarga sazovor bo’la boshladi (masalan, 1999 yil YUNESKO fototanlovi); Bryussel, Gaaga, Antverpen kabi shaharlarda «O’zbek mahallasi: odamlar, urfodatlar, an’analar» fotoko’rgazmasi Yevropa bo’ylab namoyish etildi. 2003 yilda O’zbekiston Butunjahon badiiy fotografiya federasiyasi (Bosh qarorgohi Lyuksemburgda)ga haqiqiy a’zo qilib qabul qilindi. Tursunali Qo’ziyev.