Galvanomagnit hodisalar

Galvanomagnit hodisalar -elektr toki oqayotgan qattiq o’tkazgichlarning elektr xossalariga magnit maidonining ta’siri yuzaga keltirgan hodisalar. Tok o’tayotgan o’tkazgichda qo’shimcha elektr potentsiallar farqi hosil bo’ladi yoki elektr qarshiligi o’zgaradi. Bunga sabab magnit maidonining o’tkazgich elektr zaryadlari harakatiga ta’siridir. Ferromagnit metallarda g. h.ni birinchi bo’lib V. Tomson (1856) aniklagan. G. h.ga quyidagilar kiradi: Xoll effekti — magnit maydonidagi o’tkazgichda elektr va magnit maydonlariga tik yo’nalishda e.yu.k. paydo bo’ladi;Ettingsgauzen effekti — jism (yarimo’tkazgich)da ko’ndalang yo’nalishda t-ralar farqi hosil bo’lishiga bog’liq;magnit rezistiv effekt — jism (yarimo’tkazgich)ning qarshiligi ortishi (yoki kamayishi)ni ifodalaydi; Nernet effekti — jism (yarimo’tkazgich) da bo’ylama elektr maydoni hosil bo’lishi yoki termik e.yu.k. o’zgarishi b-n bog’liq. G. h. yarimo’tkazgichlar, kristallar, ferromagnitlar va b.dan foydalanishda hisobga olinadi.