Gashtak
Gashtak-bo’sh vaqtni ko’ngilli o’tkazishning bir shakli. Gashtak dam olish, biror joyga sayohat qilish, ziyofat yoki mehmondorchilik ko’rinishlarida o’tkaziladi. Gashtak Samarqand, Buxoro va Qashqadaryoning ko’pgina joylarida “gap” o’rnida ishlatiladi.