Gatchina
Gatchina (1923-29 y.larda Trosk, 1929-44 y.larda Krasnogvardeysk) — RF Leningrad viloyatidagi shahar (1796 y.dan). Sankt-Peterburgdan 45 km Jan.- G’arbdagi t. y. tuguni. Sankt-Peterburg — Pskov avtomobil yo’li yonida. Aholisi 81,3 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik va metallsozlik korxona- lari, mebel f-kasi, o’lkashunoslik mu- zey i bor. G. 1499 y.dan Xotchino qishlog’i sifatida ma’lum. 18-a. boshida g. — Malika Natalya Alekseevnaning, 1765 y.dan graf g. G. Orlovning mulki (uning davrida saroy-Park ansambli qurilishi boshlangan). 1783— 96 y.larda Knyaz Pavel Petrovich (imperator Pavel 1), 1881-83 y.larda imperator Aleksandr III qarorgohi. 18-a. Saroy-Park majmu- asi, Priorat saroyi (1798-99), saroy parki va b. parklar saqlangan.