GAZLARNI SUYULTIRISH

GAZLARNI SUYULTIRISH – gazlarni kritik (chegaraviy) t-radan pastroq t-ralarda siqish yo’li b-n suyuq holatga o’tkazish. Kritik t-rasi atrof muhit t-rasi (amalda 220 K) dan yuqori bo’lgan Cl2, SO2, NH3 va b. gazlarni sanoat maqsadlarida suyultirish uchun kompressorlar vositasida siqiladi, so’ngra issiqlik almashtirgichda kondensasiyalanadi. Bu holda sovituvchi agent (suv yoki nomakob) gazning kondensasiyalanish issiqligini olib ketadi. Kritik t-rasi xona t-rasidan past bo’lgan gazlarni suyultirish uchun tegishli sovitish tsikllaridan foydalangan holda, dastavval, ularni har bir gazga xos bo’lgan kritik t-radan pastroq t-ragacha sovitiladi, so’ngra tegishli bosim ostida siqib, suyuq holga keltiriladi. Past t-ralarda qaynaydigan gazlar (N2, O2 va b.)ni suyultirishda kaskad usuli qo’llanilgan. Chuqur sovitish usulida quyidagilardan foydalaniladi: 1. Gazni drossellashda (Mae, ventil orqali) gazning sovishi Joul— Tomson effekti tufayli yuz beradi. Bu holda drossellash oldidan gazning t-rasi Joul — Tomson effekta tufayli o’z ishorasini o’zgartiradigan inversiya nuqtasidan pastroqqa tushirilishi lozim. Shu sababli ham, Mae, N2 ni suyuq N2 b-n, ne ni esa suyuq N2 b-n sovitiladi; havo ko’pincha ammiak yoki freon b-n sovitilib, suyuqlikning chiqish miqaorini orttirish mumkin. 2. Gazni detanderda suyultiritshda izoentropik kengaytirish usulidan foy-dalaniladi. Tsiklning termodinamik qaytuvchanligini oshirish uchun turlicha t-ralar maromida ishlaydigan bir nechta detander ishlatiladi. Mae, ne ni ikki detanderli tsiklda suyultirish uchun sovuqdik uch t-ra bosqichida hosil qilinadi. Dastlabki havo suyultirish mashinalarida (nemis muhandislari K. Linde va Gempson, 1895) gazlarni kritik t-radan past t-ragacha sovitib, so’ngra suyultirish uchun drossellash usulidan foydalanilgan. Bunda Joul — Tomson effektidan tashqari muhim usul — qarshi oqimda issiqdik almashish usulidan foydalanilgan. Vodorod va geliyni suyultirishda Joul—Tomson effektidan foydalanishga asoslangan ushbu usul hoz. suyultirish texnikasining asosini tashkil etadi. Gaz adiabatik kengayishda tashqi ish bajarib sovishi yuz beradigan detan-derlardan birinchi bor frantsuz muxandisi J. Klod havoni suyultirishda foydalandi (1902). Keyinchalik bu detanderlar takomillashtirildi. Yuqori samara b-n ishlaydigan turbodetander P. L. Kapisa tomonidan yaratildi (1934). Bu mashina geliyni dastlab suyuq vodorod b-n emas, balki suyuq azot b-n sovitishga moslangan edi. Detanderda kengaytirish yo’li b-n sovitish me’yoriga etkaziladi, gazni suyultirish esa bevosita drosellashda ro’y beradi. Ushbu usul yanada takomillashtirilib (amerikalikolim S. Kollinz, 1947), uning suyuq geliy tayyorlash unumdorligi 30 litr/soatgacha etkazildi. Suyultirilgan gazlar past t-ralarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Suyuq gaz ustidagi bugni jadal haydash yo’li b-n deyarli barcha gazlarni qotish t-rasigacha sovitish, geliyning 3ne izotopini jadal bug’latish orqa-li 0,3 K t-raga erishish mumkin. Shu holatda 3-106 Pa bosim ostida siqish orqaligina uni qattiq holatga o’tkazish mumkin.