Gematit

Gematit (Yun. haima — qon), temir yaltirog’i — temirning keng tarqalgan minerali. Kimyoviy formulasi G’e2O3. Tarkibida 70% gacha temir bor. Ba’zan titan (11% gacha TiO2 titanogematit), alyuminiy (14% gacha A12O, — alyumoge- matit), marganes (17% gacha — marganes- gematit), suv (N,0 8% gacha gidrogematit) aralashmalari bo’ladi. Trigonal Singo- niyali. Kristallari ko’pincha plastin- kasimon, varaqsimon, buyrak shaklida, rangi po’latrang — kulrangdan qoragacha. Yarim metallsimon yaltiraydi. Chinniga chizilsa qizil iz qoldiradi. Qattiqligi 6-6,5. S. of. 5,3. Qizdirilganda magnit- lanadi, 1594° t-Rada eriydi. G. intru- Ziv jinslarda, gidrotermal konlarda kvars, barit, magnetit, xlorit b-n birga va vulkan kraterlari devorlarida uch- raydi. Nurash jarayonida temir gidrok- sidlarining suvsizlanishi natijasida ham g. hosil bo’ladi. Regional metamor- fizm jarayonida g.ning juda katta mas- salari vujudga keladi. O’zbekistonda Chatqol-Qurama tog’laridagi temir konlarida (Surenota. G’ova, To’rangli, Chaqadambuloq), ko’p metalli konlarda (Qo’rg’oshinkon, Oltintopkan, Konsoy) ko’p tarqalgan. Ukraina (Krivoy Rog), RF (Kursk magnit anomaliyasi, Ural tog’lari, Sibirda), AKSH, Kanada, Braziliya, Hindiston va b. mamlakatlarda yirik konlari bor. G. rudalari cho’yan va po’lat olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Toza kukunsimon xillari bo’yoq tayyor- lashda ishlatiladi: g. — temir olinadi- gan ruda.