Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti

Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O’zbekiston FA geneti- ka va o’simliklar eksperimental biolo- giyasi ilmiy tadqiqot instituti — gene- tik injeneriya, biotexnologiya, genetika, o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, q. x. ekinlari agrobiologiyasi bo’yicha yirik ilmiy va muvofiqlashtiruvchi markaz. 1997 y.da O’zbekiston FA Ge- netika in-ti va o’simliklar ekspe- rimental biologiyasi institutining qo’shilishidan tashkil topgan (Genetika in-ti 1992 y.da O’rta Osiyo fitopatolo- giya i. t. in-ti, O’zbekiston FA in-tlari tarkibidagi bir necha turli lab.lar ba- zasida tashkil etilgan). Toshkent vilo- yati Qibray tumanida joylashgan. In-t tarkibida 20 lab., 0,8 ga maydonli Fi- totron, ilmiy jihozlarni ta’mirlash va ulardan foydalanish bo’limi, Farg’ona filiali, Sirdaryo tayanch punkti, 2 eks- perimental baza va Piskent tumanida Do’stbekov nomidagi jamoa xo’jaligi bor. In-tga dala tajribalari uchun 23 ga, keng mikyosdagi dala tajribalari uchun 600 ga er (Sirdaryo viloyatida) AJ- ratilgan. In-t faoliyatining asosiy yo’nalishlari: molekulyar-genetik va gen injeneriyasi tadqiqotlarini qo’llagan holda transgen o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar olish biotexnologiya- sini yaratish bo’yicha idoralararo «gen injeneriya markazi» dasturini amalga oshirish; genetika yutuqlari negizida g’o’za, bug’doy, makkajo’xori va b. ekinlar – ning yangi navlarini yaratish, Respubli- kada tarqalmagan ekinlar introduktsi- yasi; o’simliklar genetik resurelarini saqlash va ulardan foydalanish sohasida fundamental tadqiqotlar o’tkazish; o’simliklar biokimyosi va fiziologiyasi sohasida sho’rga, qurg’oqchilikka chidam- lilik mexanizmlarini aniqlash, onto- genezni boshqarish bo’yicha tadqiqotlar olib borish; q. x.da pestisidlarni qo’llashning viruslar, mikroorganizm- lar, hayvonlar va o’simliklar irsiy AP- paratiga ta’sirini o’rganish; mamlakati- mizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan pestisidlar, o’stirish stimulyatorla- ri, o’simliklarni himoya qilish vo- sitalari sinovini tashkil etish va b. In-tda yirik ilmiy yo’nalishlar va MAK- tablar shakllandi; miqdoriy belgilarga ko’ra g’o’za genetik kollektsiyasi, qimmatli xo’jalik belgilarining irsiylanishi va o’zgaruvchanligi o’rganildi (akad. J. A. Musaev); tsitoembriologik, genetik, kariologik, anatomik usullar b-n jahon g’o’za genofondi kollektsiyasi yaratildi (akad. A. A. Abdullaev), g’o’za, mosh, bo- dring transgen o’simliklari olindi (A. Abdukarimov); yangi g’o’za navlarini yara- tishda geterozis hodisasidan, radiasiya va kimyoviy mutagenezdan foydalanish yo’llari (N. N. Nazirov, O. Jalilov), g’o’za genomi tuzilmasi va funktsional faolligi o’rganildi (A. P. Ibrohimov) va b. In-tda g’o’zaning 30 dan ortiq r-nlashtirilgan navlari yaratilgan (Toshkent g’o’za navlari, an g’o’za navlari, Yulduz va b.). In-t faoliyati F. M. Mau- er, S. S. Sodiqov, S. X. Yo’ldoshev, S. M. Mirahmedov, V. S. Shardakov, V. L. Go- lodkovskiy, J. A. Musaev, A. A. Abdul- laev, M. V. Muhammadjonov, A. A. AB- dukarimov, o. J. Jalilov, I. A. Vlasova, A. P. Ibrohimov, H. S. Samiev va b. olim- lar nomi b-n bog’liq. In-tda aspirantu- ra bor. Ilmiy to’plamlar nashr etadi. Abdusattor Abdukarimov.