Geshtaltpsixologiya

Geshtaltpsixologiya (nem. Gestalt — shakl, obraz, qiyofa, tashqi ko’rinish va psixologiya) — psixologi- yadagi oqimlardan biri. 20-a.ning 20— 30-y.larida Germaniyada yuzaga kelgan. G. fon Erenfelsning yaxlitlik idrokning asosiy sifati deb hisoblaydigan ta’li- motiga asoslanadi. Assosiativ psixolo- giyaga (q. Assosiasiya) zid ravishda g. psi- xikaning birlamchi va asosiy elementi sifatida sezgilarni emas, balki yaxlit obrazlar — geshtaltlarni tan oladi. G. tarafdorlari (M. Vertxeymer, V. Kyo- ler, K. Koffka, K. Levin va b.) psixika mohiyatini idrokning o’ziga xosligi, yax- litlik b-n izoxlaydilar. G. namoyandala- ri asarlarida idrokning shakllanishida tajribaning o’rni o’rganilmagan va bun- ga e’tibor ham berilmagan. Ular nuqtai nazariga ko’ra, geshtaltlar (obrazlar) go’yo odam miyasidagi elektrik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. 20-a.ning 40-y.la- rida V. Kyoler miyadagi elektr maydonla- ri o’zaro munosabatlari xususidagi FIK- rni miya qismlari elektr zaryadlari b-n to’yinishi haqidagi g’oyalar b-n to’ldirdi. Bu elektr zaryadlar miyaning u yoki bu qismida uzoq vaqtli qo’zg’alishlarni yuzaga keltiradi. Ularning miya bir qismidan kamroq to’ldirilgan boshqa qismiga o’tishi ayrim illyuziyalarni va idrok xususiyatlarini paydo qiladi. Geshtaltpsixologlarning eksperimen- tal metodikasi va ular orqali olingan ma’lumotlar idrok va tafakkur psixolo- giyasini ma’lum darajada boyitdi.