Gilbert orollari

Gilbert orollari -tinch oke- Anning g’arbiy qismidagi 16 marjon orolidan iborat, Mikroneziyada. Mayd. 264 km2. Aholisi 52 ming kishidan ortiq; asosan mikronezlar. Tarava atol- lida Kiribati poytaxti —Bairiki sh. joylashadi. Rasmiy til —ingliz tili. Orollarni 1764-1824 y.larda ingliz dengiz ofitserlari kashf qilgan va ka- Pitan J. Gilbert nomi b-n atalgan. 1892-1979 y.lar Angliya mustamlakasi bo’lgan. 1979 y.dan Kiribati davlati tarkibida. Iqlimi ekvatorial, issiq va sernam. Yillik yog’in 1000-3000 mm. Ba’- zi orollarda qurg’oqchilik ham bo’lib tu-radi. O’rtacha oylik t-ra 26 – 28°. Tabiiy o’simliklari asosan butalar. Kopra eks- port qilinadi. K – x.da kokos palmasi o’stiriladi, sabzavot, meva va b. etish- tiriladi. Baliq ovlanadi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQSh va b. b-n tashqi aloqa olib boriladi.