GIPOKAPNIYA
GIPOKAPNIYA (gipo… va Yunoncha kapnos — tutun) — qonda karbonat angidrid (SO2)ning kamayishi. Sof kisloroddan yoki SO2 kamaygan havodan hamda atmosfera bosimi past sharoitda nafas olganda, halloslaganda, shuningdek, sun’iy nafas oldirilganda kuzatiladi. Qonda kislorod etishmasligi carotid sinus xemoreseptorlarini ta’sirlab, nafas olishni tezlatadi, natijada SO2 alveolyar havodan va qondan chiqib ketadi.