GIPOTIREOZ

GIPOTIREOZ [gipo… va lotincha (glandula) thyreoidea — qalqonsimon bez] — qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi, uning yetarli ishlamasligi. Miksedemanit yengilroq shakli. Asosiy belgilari: toliqish, jismoniy va ruhiy zaiflik, uyquchanlik, xotira susayishi, yuz kepchishi, qovoqlar shishishi, teri quruqshashi, soch to’kilishi, qabziyat, asosiy moddalar almashinuvining buzilishi va boshqalar. Bemor gormonlar bilan davolanadi.