Globus

Globus (lot. globus — shar, kurra) — Er sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi. G.da er- ning geometrik konturlari va maydonlar nisbatini saqlagan holda butun er yuza- sidagi geografik ob’ektlar (quruqlik va suv havzalari, tog, tekislik va b.) qiyofasi muayyan nisbatda juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. G.da geografik xari-talarda yo’l qo’yiladigan yo’nalish, may- don va shakl xatoliklari bo’lmaydi. G.lar foydalanish maqsadlariga ko’ra bir- biridan farq qiladi: o’quv g.lari, il- miy ishlarga mo’ljallangan g.lar, trans- port qatnovi uchun amaliy maqsadlarda foydalaniladigan g.lar. Masshtabi maqsadga ko’ra tanlanadi. O’quv G.lari, odatda, 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000 masshtabda tayyor- lanadi. Shu b-n birga ulkan g.lar ham yasalgan. Hoz. vaqtda Sankt-Peterburg sh.da saklanadigan g. masshtabi 1:4 000 000, Toshkentda O’zMU geogr. FA- kultetidagi g. masshtabi 1:7 000 000. Er yuzasi tasvirlangani Ge o grafik g., Oy yuzasi tasvirlangan oy g.i, osmon sferasi tasvirlangan osmon g.i deb ata- ladi. Xaritagrafik mazmuniga ko’ra ham G.lar har xil bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgani tabiiy geografik g.lardir. G. yasash tarixi uzoq o’tmishdan boshlan- gan. Qadimda sanokligina olimlarning olam haqidagi ilmiy tug’ri tasavvur- lari dastlabki g.larda uz aksini top- gan. Dastlabki ibtidoiy g.ni mil. AV. 2-a.da yunonistonlik Krates yasagan va u O’rta asr g.laridan ancha farq qilgan. Sharqda dastlabki ilmiy g.ni Xorazm- da Abu Rayhon Beruniy 1016 y.da yasa- gan (P. G. Bulgakov uni 995 y.da yasalgan deb yozgan), u faqat shim. yarim shardan iborat eng birinchi bo’rtma (relefli) G. bo’lib, aholi yashaydigan joylar aniq kursatilgan. G.ning diametri qariyb 5 m bo’lganligi ma’lum (masshtabi 1:2 500 000). Beruniy o’zi yasagan g. haqida «Geo- deziya» asarida yozib qoldirgan. 13-a.da Misrda ham g. ishlangan. 1492 y. Nyurn- bergda nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym (1459-1507) diametri 0,54 m li g. («Er olmasi»)ni yasagan. Unda Yangi Dunyoni kashf kilinishi arafasidagi Er yuzasi haqidagi tasavvurlar aks et- gan. Bexaym bu g.ni yasashda asosan Pto- Lemey ma’lumotlariga asoslangan dunyo xaritasidan foydalangan. Toshkentdagi katta g. Toshkent un-ti buyurtmasi b-n 1979-84 y.larda Perm davlat un-ti laboratoriyasida yasalgan (diametri 196 sm, og’irligi 490 kg, yuzasi 13 m2 ga yaqin, o’quv maqsadlarida foydalaniladi). Bu G. ni buyurtirish va olib kelish tashabbu- skori geogr. fanlari doktori, prof. H. H. Hasanov bo’lgan. Masshtabi ikki xil: gorizontal masshtabi 1:7 000 000, verti- kal masshtabi 1:2 000 000. Er yuzasidagi baland-pastliklar erning kattaligiga nisbatan juda kichik bo’lganligi sababli 2 xil masshtab qabul qilingan. Bunday qilinmasa g.da er yuzasi relefi shak- llari ko’rinmay qoladi. Er yuzasi shak- llari bo’rtma usulda, landshaftlar ran- glar b-n tasvirlangan. Landshaftlarga rang tanlashda erning koinotdan olingan suratlari ranglaridan foydalanilgan. 15-a.da Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek qurdirgan rasadxonada ham kattagina G. bo’lgan. Unda iqlimlarning chegara- lari, tog’lar, cho’llar, dengizlar va Daryo- lar ko’rsatilgan. Binobarin, dunyodagi ikkinchi g.ni Samarkand astronomlari yasashgan. Ulug’bekning o’limidan keyin u mutaassiblar tomonidan yo’qotilgan. Samarqanddagi O’zbekiston xalqlari ta- rixi va madaniyati muzeyida katta noyob bir g. saqlanadi. Mukammal ishlangan bu g.ni 1895 y. xo’jandlik ma’rifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz o’g’li musavvir va olimlar b-n hamjihatlikda yasagan. G.ning balandligi uni ko’tarib turgan tagligi b-n birga 117 sm, shar aylanasi 160 sm, masshtabi 1:2 500 000. G. gradus to’rlariga bo’lingan. Meridian va Pa- rallellar kora rang, tropik chiziqlari va qutb doiralari kizil rang b-n chi- zilgan. Nolinchi meridian Grinvichdan emas, Afrikaning g’arbidagi yashil bu- Run o.laridan o’tkazilgan. Bu Abu Rayhon Beruniy G.sidagi boshlang’ich meridian- ga to’g’ri keladi. G.ga kariyb mingta nom yozilgan. G.ga belbog’tarzida 12 burj doirasi o’rnatilgan. Har bir burj do- irasi ichida burjni anglatuvchi rasmlar — sher, qo’y, Qisqichbaqa, chayon, baliq, Qo’chqor, ho’kiz va b. tasvirlangan. Bu Tur- kiston o’lkasi mahalliy olimlari yarat- gan va ilmiy jihatdan o’z davri uchun eng mukammal g. dir.