GONDOLA

GONDOLA (italyancha qondola) — 1) bir eshkak bilan harakatlantiriladigan yassi tubli qayiq. Tumshug’i va quyrug’i shakldor va baland qilib yasaladi; 2) aerostatning kishilar turadigan va anjomlar joylashtiriladigan bo’lmasi (kabinasi); 3) samolyot va vertolyotning dvigatel, shassi va boshqa qurilmalar joylashtiriladigan suyri shaklli elementi; 4) yassi gorizontal tubli o’ziag’darar temir yo’l yarim vagoni.