Gormonal regulyasiya

Gormonal regulyasiya – odam va umurtqali hayvonlar hayot faoliyati- ning gormonlar orqali boshqarilishi. Ichki sekresiya bezlari ajratgan gor- monlar qonga o’tib, organizmda oqsil, yog’, uglevod, suv va mineral tuzlar al- mashinuvining bir maromda kechishini ta’minlaydi (mas, insulin uglevodlar almashinuvida bevosita ishtirok eta- Di). Gormonlar ishlab chiqarilishi va ajralishini nerv sistemasi boshqaradi. G.r. gumoral regulyasiya b-n o’zaro bog’liq holda faoliyat ko’rsatadi. Gormonlar- ning fermentlar sintezida ishtirok etishi, shuningdek, genlarning faol- lashtirish xususiyatlari aniqlangan. G.r. mexanizmlari orasida ayniqsa gormon- larning oqsillar biosinteziga ta’siri o’rganilgan bo’lib, ular asosida o’sish, rivojlanish, to’qimalar differentsia- tsiyalanishi, tuxum hujayra follikula- larining etilishi kabi hayotiy muhim jarayonlar yotadi. Organizmda G.r.ning izdan chiqishi endokrin kasalliklar (kandli diabet, tireotoksikoz, gipoti- reoz, Itsenkoqushing kasalligi va b.) va ayrim b. kasalliklar (yurak-tomir kasal- liklari, xavfli o’smalar, allergik va gi- nekologik xastaliklar va b.)ning kelib chiqishiga olib keladi.