GO’SHA

GO’SHA — yaqin va O’rta Sharq mumtoz musiqasida yirik turkumli asarlarning tarkibiy bo’lagi. Maqomot tizimidagi Ozarbayjon va Eron dastgohlarida sho»balarni tashkil etuvchi cholg’u-vokal kichik tuzilmalarningumumiy nomi. Muayyan his-tuyg’ularni ifodalovchi Go’shalar o’ziga xos tovush ko’lami, ohang va usullar bilan ajralib turadi. Go’shalar mustaqil nomlar bilan yuritiladi. Har bir asosiy dastgoh 40 dan ortiq, unga ergashgan ovozalar esa 20 ga yaqin Go’shalarni o’z ichiga oladi. Masalan, shur Eron dastgohi tarkibidan Karashma, ovoza, Chor mezrob, Salmak, Gulrez, Safo, Abu Ato, Buzurg, Kurdiy, Uzzol, Husayniy kabi Go’shalar o’rin olgan.