G’ovvoslar qanday ishlaydi?

Suv ostida biron ishni bajarish, masalan, ko’priklar uchun tayanch hurish, cho’kkan kemalarni ko’zdan kechirish va suv tagidan ko’tarish, kemalar tagidagi yoriqlarni payvandlash paytlarida g’ovvoslar yordamga keladi. Ular suv ostida, ko’p hollarda ancha chuqurliklarda qanday qilib uzoq muddat qolib ishlay oladilar? Axir u erda nafas olish uchun havo yo’h, buning ustiga suv ostidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan ancha baland, suvga hancha chuqurlashishi sari inson bosim yanada oshganligini ham his qiladi. G’ovvoslar suvosti ishlarini bajarish uchun suv o’tmaydigan matolardan tikilgan maxsus kostyumlar kiyishadi. Bu kostyumning eng asosiy hismi — shlem (suv o’tkazmaydigan halpoh)dir. Shlemda illyuminator bor. Shlemga uzun rezina trubka tutashtirilgan bo’lib, u orhali g’ovvosga havo keladi. G’ovvos oyoqlariga maxsus g’ovvoslik kalishlarini kiyadi, kalishning uchiga misdan qoplama qilingan, tovonlari esa suv ostida engil harakatlanish uchun qo’rg’oshindan yasalgan. Chunki bu qo’shimcha yuklarsiz g’ovvosinng vazni bilan unga ta’sir qiladigan suvning itaruvchi kuchi urtasidagi farq kamayib, g’ovvos suv ostida o’zini turg’un sezmaydi. Lekin uncha chuqur bulmagan suvlik joylarda maxsus kostyumsiz ham ishlash mumkin. Buning uchun havoning o’zi ham yetarli yordamchidir. Siz bo’sh stakanni to’ntarilgan holda suvli idishga bostiring. Uning ichiga deyarli suv kirmasligini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. Sababi shuki, stakan ichida havo bor va u bosim beradi. Agar juda katta stakan yasalib (albatta, shishadan emas, balki pishiq-mustahkam qotishmadan), unga insonni joylashtirib suv ostiga tushirish mumkin. Bunday «stakan»da inson xuddi uyda o’tirganday bemalol o’tiradi. Odamlar bu xildagi stakanlarni chindan ham yaratishgan. Ularni g’ovvoslik qo’ng’iroqlari deb atashadi. Hozir g’ovvoslik qo’ng’iroqlari deyarli qo’llanilmaydi, lekin ayrim ishlarda, masalan, ko’priklar uchun tayanchlar qurilishida, gohida daryo tagiga metaldan va temir betondan qurilgan shunday ulkan qutilar to’ntarilgan holatda tushiriladi. Ular kessonlar deb ataladi. Kessonlar tagi ochiq va kessonchilar chuqurlikda bemalol ishlay oladilar. Kessonlar ichidagi havo uzoq muddatli ishlar uchun yetarli emas. Shu sababli kessonlarning tepasidan shlanglar orqali havo berib turiladi. Ancha chuqur suvliklarda g’avvoslik qo’ng’iroqlari va kessonlar yaramaydi, chunki suvda qanchalik chuqurlashilsa, qo’ngiroq qalpog’i va kesson ichidagi havoning bosimi yanada balandlashadi. Baland bosim sharoitida kessonlarda doimiy ishlagan g’ovvoslarda «kessonlik dardi» paydo bo’lib, bu uning sog’lig’iga jiddiy zarar yetkazadi.