«GRAND MIR XOUTEL»
«GRAND MIR XOUTEL» (inglizcha «Grand Mir Hotel» — «Katta Mir mehmonxonasi») — Toshkent shahridagi mehmonxona. 1964 yilda qurilgan «Rossiya» mehmonxonasi (me’mor V.Muratov) ning ta’mirlash loyihasi «toshg’in-rogor» ochiq aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqilgap (2003-04). 2004 yildan hozirgi nomda. Mehmonxona 7 qavatli hamda 2 qavatli bloklardan tashkil topgan. 7 qavatli turar joy blokining yer osti qismini texnik xonalar, oshxona, yordamchi xonalar va ayrim ofislar egallagan. 1-qavatda Vesti-Byul, sartaroshxona, 50 va 100 o’ripli barlar, savdo do’konlari, 2 — 7-qavatda 126 xona, bulardan 6 ta lyuks, 11 ta yarim lyuks, 18 ta 1 o’rinli, 85 ta 2 o’rinli xonalar joylashgan. 2 qavatli blokda restoran, oshxona, xollar, 1-qavatda 250 o’rinli ekspress yengil ovqatlanish joylari mavjud. 2 blok o’zaro 1-qavatdagi Xoll orqali bog’langan. Ta’mir chog’ida gorizontal derazalar qatori paydo bo’ldi, binoning old tarzi yanada ko’rkam tus oldi. Xonalar kengaytirilib, bino pardozida marmar, granit va boshqalar zamonaviy materiallardan foydalanildi, vitraj va yengil panellar, alyukopanlar qo’llandi.