Grigoriy kalendari

Grigoriy kalendari (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yuliy kalendari (eski stil) o’rniga 1582 y.da joriy etilgan kalen- dar. Perudjiy un-ti o’qituvchisi Luid- Ji Lilio 1576 y.da taqlif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yuliy kalendarida yo’l qo’yilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, ya’ni 21 martga to’g’ri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400 yil- da kabisa pil 3 kunga qisqartirilgan, ya’ni 100 kabisa yili o’rniga 97 kabisa yili joriy etilgan. G. k.ga ko’ra oxirgi 2 rakami 4 ga bo’linadigan yillar ka- bisa yillardir, lekin 2 nol b-n tugab, 400 ga bo’linmaydigan yillar bundan mustasno, mas,. 1700, 1800, 1900 va 2100 yillar oddiy yil, 1600, 2000, 2400 va 2800 yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365,242500 so’tkani tashkil etib, tro- pik yilga qaraganda har yili 26 sek. ortib boradi va sal kam 3300 yilda 1 kun xato qilinadi. G. k.ning birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sobiq Ittifoqsa (shu jumladan O’zbekistonda) g. t. 1918 y. 14 Fev.dan (eski uslubda 1 Fev.dan) boshlab qabul qilingan.