Grunt
Grunt (nem. Grand — asos, tuproq) — asosan nurash zonasida joylash- gan tog’jinsi (tuproq b-n birgalikda) qatlami. G. qoyali (granit va b.), meta – morfik (gneys) va ba’zi cho’kindi jin- sli (ohaktoshlar, qumtoshlar va b.), yarim qoyali (mergel va b.) va yumshoq bo’lishi mumkin. Yumshoq G.lar er yuzasida keng tarqalgan. Zarralar o’lchamiga qarab gil- li (0,005 mm), changli (0,05—0,005 mm) va qumli (2-0,05 mm) bo’ladi. Qurilish amaliyotida bino va inshootlarning tag- zamini bo’lgan yoki tuproqli inshoot- larni (damba, ko’tarma, to’g’on) tiklashda qurilish materiallari sifatida ishla- tiladigan turli tog’jinslari xam g. deb ataladi.