GRUZIYA FANLAR AKADEMIYASI

GRUZIYA FANLAR AKADEMIYASI -Gruziyaning oliy ilmiy muassasasi. 1941 y. sobiq SSSR FA Gruziya filiali va Tbilisi un-ti huzuridagi bir qancha i. t. muassasalari negizida tashkil etil- gan. Tbilisi sh.da joylashgan. 1998 y. akademiya tizimida 9 bo’lim, 50 dan ortiq i. t. muassasa, 5346 ilmiy xodim ishladi. Akademiya «Gruziya fanlar akademiyasi xabarlari» (1941 y.dan), «Masne» («ax- borotnoma», 1960 i.dan, ijtimoiy fan- lar bo’limi organi) va «Mesnieraba da texnika» («fan va texnika», 1949 y.dan) ilmiy jur. lar, monografiya, fanning turli sohalari bo’yicha ilmiy asarlar nashr etadi. Akademiya prezidenti — A. Taxvelidze (1986 y.dan).