Gudron (yog’li yoki qoldiqli)
Gudron (yog’li yoki qoldiqli) – gudron (moyli yoki qoldiq material) – benzin, kerosin, neft va moyli fraksiyalarning asosiy massasini qayta ishlashdan keyin qolgan material. Gudronning zichligi 950-100 kg/m3 ni tashkil etadi. Bu material yo’l qurilishida ishlatiladigan bitumlarni olishda hamda tom yopish va izolyatsiya materiallarini tayyorlashda xomashyo sifatida xizmat qiladi, Moyli fraktsiyalarni yetarlicha to’liq bo’lmagan holda haydashda olinadigan qoldiqni yarimgudron deb atashadi.