Gumbuloq gaz kondensat koni
Gumbuloq gaz kondensat koni — Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida joylashgan kon. Gumbuloq strukturasi 1956 y.da aniqlangan. G. g.- k. k.da chuqur burg’i qudukdar 1967 y.dan qazila boshladi. Dastlabki qazilgan quduqda yuqori yura ohaktoshlarida gaz borligi ma’lum bo’ldi. Konning Geolo- gik tuzilishida yura, bo’r, paleogen, ne- ogen va antropogen yotqiziklari ishtirok etgan. Tektoniktuzilishiga ko’ra g. g.-k. k. Odamtosh antiklinal zonasiga mansub. Konda neft uyumi 1350 m chuqurlikda joylashgan. Gaz uyumining uz. 10 km, kengligi 2,75 km, qalinligi 150 m. Konda 15 va 15A gorizontlar mahsuldor. Gaz debiti 3,5 — 5,0 ming m3/sutka. Kon- dagi gaz metanli, kam azotli, kam yog’li, kondensatli, kondensat metanli, engil, yuqori benzinli. Benzinning miqdori kondensatda 70% gacha.