Gumin o’g’itlar
Gumin o’g’itlar – organik-mine – ral o’g’itlar; organik modda va u b-n kimyo- viy yoki adsorbtsion boglangan mineral birikmalardan iborat. G. o’. gumin k-talar yoki tarkibida shu k-ta bo’lgan moddalar (qo’ng’ir kumir, torf, toshko’mirning nu- ragan qoldiqlari, loyqa, chirindi va b.) ni ammiak, fosfatlarning ammiaqli eritmalari, fosfat k-ta, kaliyli tuz- lar b-n ishlash yo’li orqali olinadi. Qanday xom ashyodan foydalanilganiga ko’ra suvda eriydigan nitrat va ammo- niy gumatlari, nitrogumatlar, torfli- ammiaqli o’g’itlar, torfli-mineralli- ammiaqli o’g’itlar va b. bo’lishi mumkin. O’zbekiston FA umumiy va noorganik kimyo in-tida ammoniylashgan qo’ng’ir gumin ko’mirini mochevina, ikkilangan superfosfat yoki ammofos tarkibiga qo’shish orqali organik-mineral o’g’itlar olish usuli ishlab chiqilgan. Bu o’g’itlarda azotning miqdori bir xil bo’lib, fos- forning miqdori qo’shilayotgan gumin ko’miriga bog’liq holda o’zgaradi. Bunday yul b-n tuproqqa solinadigan fosfor o’g’iti miqdorini istagancha kamaytirish yoki ko’paytirish mumkin. G. u. fosforit tarkibidagi fosforning eruvchanligini, fosforli o’g’itlarning samaradorligi- ni oshiradi va ekinlar hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maruf Toshqo’ziev.