Guramishvili David
Guramishvili David [1705, sa- guramo – 1792.21.7(1.8), Mirgorod] — gruzin shoiri. Harbiy xizmatda bo’lgan (1738 — 60). Evropadagi bir qancha yurishlarda qatnashgan. Gusarlar polki- ga qabul qilinib (1738), turar joy va er (Mirgorod, Ukrainada) b-n ta’minlan- gan. 1760 y. iste’foga chiqib, ijod va dehqonchilik b-n shug’ullangan. 2 Doston va lirik she’rlardan tuzilgan «Davitia- ni» (1787) avtobiografik asari mashhur. Dostonlarida gruzin xalqining o’tmish tarixi («Gruziya jarohatlari»), dehqon va cho’ponlar hayoti («cho’pon Kasviya») aks etgan. Lirik she’rlari qo’shiq janrida yozilgan va xalq orasida keng tarqalgan. Ijodi 19 — 20-a. gruzin she’riyatiga katta ta’sir ko’rsatgan.