Gyatso Tenzin
Gyatso Tenzin (1935.6.7, Taktser qishlog’i, Tibet) — 14 Dalaylama. Dehqon oilasida tug’ilgan. 1940 y. 22 Fev. da uni Dalaylama taxtiga ko’tarish marosimi bo’lgan, so’ng o’qish yillari boshlangan. Mantiq, Tibet san’ati va madaniyati, sanskrit, tibbiyot, budda falsafasi, shu- ningdek, she’riyat, musiqa, drama san’- ati, munajjimlik, notiqlik ilmini o’rgangan. 24 yoshida iloqiyot dri dara- jasini olgan. 1956 y. Tibet milliy as- sambleyasining favqulodda sessiyasi Di- niy va dunyoviy hokimiyatni to’laligicha egallashni so’rab g.ga murojaat qildi. Xitoy armiyasi bo’linmalari b-n Lxasa (Tibet) dagi mahalliy aholi o’rtasida qurolli to’qnashuv bo’lganda (1959) g. qon to’kilishining oldini olish uchun yurtidan chiqib ketishga majbur bo’ldi. 1960 y.dan buyon Hindistonda, Dxarm- sala sh.da yashaydi. U quvg’indagi «Tibet hukumati»ning boshlig’i hisoblanadi. G. o’nlab kitoblar yozgan. U o’z asarlarida, chet ellarga safarlari chog’ida buddizm- ni, Tibet madaniyatini, zo’rlik ishlat- maslik, atrof muhitni ifloslantirmas- lik goyalarini targ’ib qiladi. Tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatgan faoli- yati uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan (1989).