Aksariyat baliqlar uvildiriq sochadi va ular organizmdan tashqarida otalanadi. Uvildiriq sochadigan baliqlar tuxum qo’yuvchilar deb ataladi. Biroq ayrim baliqlar tirik baliqcha tug’adi. Bu sirasi bolalaydigan baliqlar deyiladi. Nayzabaliq bolalaydigan baliqlar guruhiga mansub. Ularning urug’i organizm ichida otalanadi va o’sha yerda baliqcha bo’lguncha rivojlanadi. Ma’lum vaqtdan so’ng, ular dunyoga keladi. Bu voqea otalanganidan 21 kun o’tgach sodir bo’ladi. Sochilgan va otalangan uvildiriqlar soni baliqning turiga qarab keskin ajraladi. Ayrim baliqlar uvildiriq sochadi-yu, ammo unga boshqa qiziqmaydi. Bular juda ko’p miqdorda uvildiriq sochadigan baliqlardir. O’z naslini kuzatib turadigan baliqlar sanoqli uvuldiriq tashlaydi. Uvuldiriq ikki turda bo’ladi. Uvuldiriqning bir turi suv yuzida suzib yuradi, boshqasi esa cho’kib ketadi. Suvda suzib yuradiganlari pelagik uvuldiriq deyiladi. U odatda zig’irday kichkina, tiniq va oqsilga boy bo’ladi. Cho’kadiganlari cho’kma uvildiriq deyiladi. U og’ir va tarkibida oqsil mo’l bo’ladi. Masalan, seld cho’kma uvuldiriq sochadi va so’ng unga umuman parvo qilmaydi. U 20 000 dan 40 000 tagacha uvildiriq tashlaydi. Treska esa aksincha, pelagik uvuldiriq sochadi. O’rtacha kattalikdagi treska yuz millionlab uvuldiriq tashlaydi! Skumbriya bir mavsumda 400 000 dan 500 000 tagacha, bir sochganda esa 50 000 ta uvildiriq tashlaydi. Katta paltus ikki milliontagacha uvildiriq sochadi. Uvuldiriqlar katta-kichikligi bilan ajralib turadi. Seld uvuldirig’i 1 millimetr, treskaniki 1,5 mm, paltusniki 3 mm bo’ladi. Nazorat ostida bo’lgan uvuldiriqlarning baliqcha dunyoga kelgunga qadar yashab qolish imkoniyati ko’p bo’ladi. Biroq million-million uvuldiriqlar boshqa baliqlar va suv hayvonlari tomonidan yeb qo’yiladi.