Harbiy tarix
Harbiy tarix – 1) harbiy ishning qadimgi zamonlardan hozirga qadar bo’lgan rivojlanish jarayoni; 2) o’tmishdagi urushlar va qurolli kuchlarni o’rganuvchi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beruvchi fan. Harbiy tarix tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga harbiy fanning bir qismi bo’lib, o’tmishdagi urushlarning strategiya va taktikasi nazariyasini o’rganadi. Harbiy tarixning eng muhim sohalari: urushlar tarixi — konkret urushlarning maqsadi, sabablari va xarakterini, ularning borishi, natijalari va tarixiy jarayondagi ahamiyatini ochib beradi; qurolli kuchlarning qurilishi tarixi — qo’shin turlari va qurolli kuchlarning har xil turlarining yaratilishi, tayyorlanishi, tuzilishi va texnik aloqalari jarayonini o’rganadi; harbiy san’at tarixi — harbiy harakatlarning borish shakli va usullarining almashishi va rivojlanishini tekshiradi; harbiy tafakkur tarixi — ularning tabiati va xarakteriga qarab harbiy-nazariy qarashlar rivojini, urushlarni tayyorlash va ularni olib borish, harbiy qurilish va harbiy san’at masalalarini hal qilishni o’rganadi. Harbiy tarixshunoslik, harbiy manbashunoslik va harbiy arxeografiya harbiy tarixning maxsus bo’limlari hisoblanadi. Harbiy tarix mavzusida turli davlatlarda olib borilgan ishlarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish maqsadida 1938 yilda harbiy tarix bo’yicha xalqaro komissiya (1SMN — 1pgegpaiopa1 Sott18510p og’Mshgagu Shzgogu) tashkil etilgan va u harbiy tarixchilar uchun fikr almashish platformasi sifatida faoliyat yuritmoqda. 1smnga a’zo bo’lgan davlatlarda milliy komissiyalar tashkil etilgan bo’lib, 1SMN qurultoylari 1980 yilga qadar har 5 yilda bir marta, keyingi davrda esa har yili o’tkazib kelingan. Hozirgi davrda 1smnga Turkiya, Germaniya, AQSh, Albaniya, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Xitoy, Chexiya, Daniya, Marokash, Finlyandiya, Frantsiya, JAR, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Shvetsiya, Shveytsariya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Vengriya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Slovakiya va Gresiya kabi davlatlar a’zo bo’lib kirgan.