Harbiy unvonlar
Harbiy unvonlar – qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, o’tagan xizmati muddati, qaysi qo’shin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, ko’rsatgan xizmatlariga ko’ra beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning o’zaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida» qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 16 maydagi «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida»gi farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi: Qo’shin va kema tarkibidagi unvonlar: I. Oddiy askarlar tarkibi oddiy askar matros II.Serjantlar va starshinalar Tarkibi kichik serjant 2-darajali starshina serjant 1-darajali starshina katta serjant bosh starshina III. Ofitserlar tarkibi Kichik ofitserlar tarkibi Leytenant katta leytenant kapitan Katta ofitserlar tarkibi Mayor 3-darajali kapitan Podpolkovnik 2-darajali kapitan Polkovnik 1-darajali kapitan Generallar tarkibi Generalmayor general-leytenant general-polkovnik armiya generali Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo’lib, bu unvon (urush davrida) O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Oliy Bosh Qo’mondoniga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga beriladi. Yuridik yoki tibbiy yo’nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo’lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli «Adliya» yoki «tibbiy xizmat» so’zlari qo’shiladi. Ofitserlar Harbiy unvonlarida mavjud bo’lgan «kichik leytenant», shartnoma-kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud bo’lgan «praporshchik» unvonlari bekor qilindi.