Hamroyev Rashid Hamidovich

Ma’nosi

Hamroyev Rashid Hamidovich (1937.27.8, Buxoro – 1985.5.9, Toshkent) — kompozitor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1984). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1961). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida kafedra mudiri (1961-76), Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974 yildan). Yirik musiqiy-sahnaviy va simfonik musiqa janrlarida ijod qilib, «Zulmatdan ziyo» (1965), «tong oldidan» (1972), «Shayx San’on» (1980) operalari, 4 simfoniya (1965-85), fortepiano (1961), skripka (1973) va orkestr uchun kontsertlar, «Abu Ali ibn Sino» vokal-simfonik poemasi, shuningdek, torli kvartet, turli kamer musiqa asarlari, musiqali dramalar kabi milliy ohanglar bilan sug’orilgan, dramatik va lirik jozibador asarlar muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).

O‘xshash so‘zlar

H harfi: barcha so‘zlar