Hasharotlar nega chaqadi?

Avvalambor chaqish bilan tishlash so’zini farqlab olish kerak. Hasharotlar, odatda, odam, o’simlik va hayvonlarni ovqat topish maqsadida chaqadi. Inson chaqish bilan ukol orasidagi farqni sezmaydi. Aksariyat hasharotlar o’tkir uchli jag’larga ega, ular yordamida chaqish o’rniga terini teshayotgandek bo’ladi. Shundan so’ng ular qon yoki hayvon sharbatini so’ra boshlaydi. Qon quyulmasligi uchun undan maxsus suyuqlik ajralib chiqadi. Chivin chaqqan joyni qichishimiz sababi mana shunda. Hasharotlar jag’ o’lchami va nish sanchish kuchiga qarab farqlanadi. Ayrim hasharotlar nish — maxsus a’zosiga ega bo’ladi va uning yordamida o’ljasiga ukol qiladi. Nishdan ko’payish va mudofaa vositasi sifatida ham foydalanadi. Asalari va arining nish o’sib chiqadigan maxsus a’zolari bor. Tekinxo’r hasharotlarning parmaga o’xshash xartumchasi qattiq nayni eslatadi. Uning vazifasi — o’simlik po’sti va hayvonlar terisini teshib, tuxum qo’yishdan iborat. So’ng tuxumdan lichinka unib chiqadi va o’simlik qoni yoki sharbati bilan oziqlanadi. Mana shu sabablarga ko’ra bunday hayvonlar tekinxo’r deyiladi. Rossiyada ari, so’na va so’na pashshalarining ayrim turlari mana shu tariqa ko’payadi. Bu davrda ular tez-tez bir qancha zararli hasharotlarni kiradi. Masalan, so’na suvoriylar o’z tuxumini kapalakqurtlar orasiga qo’yadi. Olimlar hash arotlarning bu xususiyatidan o’rmonlarning ashaddiy zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanadilar. Aksariyat hasharotlar qandga to’yingan yaproqlar tomirini chaqadi yoki teshadi. Ular undan o’simlik bitlari kabi oziq oladi.