Hind okeani
Hind okeani — dunyo okeanining bir qismi. Shimoliy tropik chizig’idan deyarli butunlay Janubda. Okeanning tabiatiga uning atrofini o’rab olgan barcha materiklar, ayniqsa, Yevrosiyo materigi katta ta’sir ko’rsatadi. Janubiy qismida Hind okeani Atlantika va tinch okeanlari bilan katta masofada tutashib turadi. Atlantika okeani bilan chegarasi shartli ravishda Afrika Janubdagi igna burni meridiani (20° shq.u.), Tinch okean bilan chegarasi Tasmaniya orolidagi Janubiy burun meridiani (147° shq.u.) orqali o’tkaziladi. Hind okeanining shimoli-sharqda tinch okean bilan chegarasi murakkab: malakka yarim orolidan Sumatra oroli Shimoliy qismiga o’tadi, so’ngra Sumatraning Janubiy-g’arbiy, Yava, Sumbava, Timor orollarining Janub qirg’oqlari bo’ylab o’tib, yangi Gvineyaning g’arbiy qirg’ogiga borgach, Orolning Janub qiryug’i bo’ylab o’tib, Avstraliyaning Iork burni Meridianiga, keyin shu meridian bo’ylab Avstraliyaga boradi. So’ngra Avstraliyaning shimol, g’arbiy va Janub qirg’oqlari bo’ylab o’tib, Tasmaniya oroliga boradi. Shimoldan Osiyo, g’arbdan Afrika va Janubdan Antarktida o’rab turadi. Hind okeani Tinch okeandan farq qilib yer po’stining barqaror materik tuzilishiga ega bo’lgan palaxsalari —Gondvana materigi bo’laklari bilan o’ralgan. Faqat shimoli-Sharqda yosh, tektonik geosinklinal mintaqa bilan chegaralangan. Bu yerda tektonik harakatlar kuchli, yer qimirlashlar tez-tez bo’lib turadi. Hind okeani mayd. 76,17 MLP. km2, kattaligi jihatdan 3-o’rinda. Suv hajmi 282,7 million kilometr o’rtacha chuqurligi 3711 metr, eng chuqur joyi 7729 metr (zond novi). Qirg’oq chizig’i ancha tekis, faqat shimol va shimoli-Sharqda egri-bugri joylar bor. Bu yerda qo’ltiq (Adan, Ummon, Fors, Bengaliya va boshqalar) va dengiz (qizil, Andaman, Timor, arafura va boshqalar) ko’p. Hind okeanida Orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning o’rta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va boshqalar bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vulkan tog’larida marjon orollar ko’tarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va boshqalar. Hind okeani juda katta masofada Antarktida bilan tutashib tursada, boshqa okeanlarga nisbatan ancha iliq. Chunki Janub tropik chizig’i okeanning deyarli o’rta qismidan kesib o’tadi. Relefi va geologik tuzilishi. Hind okeani botig’i ancha yosh bo’lib, mezozoy erasida qadimgi Gondvana materigi (quruqligi)ning parchalanishi, quruqlik palaxsalarini siljib ketishi, qadimgi Tetis va tinch okeanlari yer po’stining parchalanishi natijasida 70-65 million yillar avval hozirgi shaklini olgan. Botiqning taraqqiyot tarixi hozirgi suv osti relefida o’z aksini topgan. Materiklarning suv ostidagi davomi okean maydonining 30% ga yaqinini tashkil etadi. Afrikaning suv ostidagi davomi shelfning ensiz ekanligiga qaramay, Agulyas sayozligi, Mozambik, Madagaskar suv osti tog’lari hisobiga ancha keng maylonni egallagan. Madagaskar suv osti do’ngligi va Madagaskar orolini kichik kontinent deyish mumkin. Zambezi daryosi quyilish joyidan somali yarim oroligacha bo’lgan materik sayozligida marjon qurilmasi ko’p. Yevrosiyo shelfi ancha keng maydonni egallagan. Arabiston dengizi va Bengaliya qo’ltigidagi materik sayozligi, asosan, daryo cho’kindilaridan hosil bo’lgan. Hind okeanida oraliq mintaqa (materikdai okeanga tektonik o’tish zonasi) uning shimoli-Sharqiy qismida nisbatan kichik masofada ifodalangan. Unga Andaman dengizi, zond orollari yoyi (Sumatra, Yava, kichik zond orollari), Yava, Timor, Kay botiqlari kiradi. Bu yerda 30 dan ortiq vulkan mavjud. kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Hind okeanida okean o’rtaliqtizmalari maydoni 17% ni tashkil etadi. Ular okean o’rtasidan 3 yo’nalishda davom etadi. Arabiston, G’arbiy Hind, Afrika— Antarktika, Arabiston — Hindiston, Markaziy Hind, Avstraliya—Antarktika ko’tarilmalari Arabiston, Somali, Madagaskar, Mozambik, Agulyas, Kroze, Afrika—Antarktika, Markaziy, Janubiy Avstraliya, Avstraliya— Antarktika soyliklarini bir-biridan ajratib turadi. Okeanning eng chuqur joyi Yava botig’idagi zond novi, 7729 metr. Okean osti yotqiziqlari orasida foraminifera gili ko’p. Soyliklarning chuqur qismlarida chuqur suv qizil gillari, ekvatorial mintaqada radiolyariy gillari tarqalgan. Hind okeanida foydali qazilmalardan Markaziy soylikda temir-marganes konkresiyalari, Afrika Janun va Arabiston yarim oroli yaqinida fosforit ko’p. Materik sayozligi qumlaridan ilmenit, rutil, tsirkoniy, monasit, magnetit ajratib olinadi. Kassiteritning sochma konlari bor. Qirg’oqlarda qurilish materiallari: chig’anoqli ohaktosh, shag’al, qum, glaukonit, dolomit, oltingugurt olinadi. Hind okeani havzasi, ayniqsa, Janubiy-G’arbiy Osiyo neft va gazga boy. Okean shelf zonasida ham neft va gaz konlari topilgan. Gidrologik rejimi. Hind okeani Janubiy yarmidagi oqimlar Atlantika va tinch okeanlardagiga o’xshash. Subtropik yuqori bosim ta’sirida soat millari harakatiga teskari yo’nalishda aylanma oqimlar tizimi yuzaga keladi: Janubiy passat, Madagaskar, Mozambik, Agulyas, G’arbiy Shamollar, G’arbiy Avstraliya oqimlari. Okean shim.dagi oqimlarga musson shamollari katta ta’sir ko’rsatadi. Qishda musson oqimining eng katta tezligi 2,1—2,9 km/soatdan oshmaydi, o’rtacha yillik tezligi 3,6 km/ soatga teng. Afrikaning shimoliy-Sharqiy qirg’og’i yaqinida Somali oqimi vujudga keladi. Suv qalqishi yarim sutkalik va noto’g’ri sutkalik xususiyatga ega. Eng katta suv qalqishi Kambey qo’ltig’ida (balandligi 12 metr) yuzaga keladi. Hind okeanining shimoliy- Sharqiy chekkalari kuchli Seysmik zona bo’lganidan sunami ko’p kuzatiladi. Hind okeanida Janubiy Hind yuqori bosim markazi, Ekvatorial past bosim markazi, Osiyo materigidagi fasliy o’zgaruvchan bosim markazi havo qarakatlarini belgilovchi omildir. Qishda havo bosimi Yevrosiyodan okean markaziga tomon pasayib boradi. Okeanning shimol qismida qishki musson shamollari esadi. Yozda Janubiy Osiyo minimumi markazi tarkib topadi. Janubiy Hind okeani maksimumi kuchayadi. Natijada Janubdan shimolga shamol esadi. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida bu shamol shimoli-sharqqa burilib, yozgi mussonni tashkil etadi. Shamol tezligi 8-9 m/ sek. Janubiy Hind okeani yuqori bosimi 30° dan Janubdagi kengliklarda bo’ladi. Antarktika yoni past bosimli markazga yil davomida tezligi 5 m/sek. bo’lgan doimiy g’arbiy shamollar esadi. Ba’zan shamol tezligi kuchayib, dovulga aylanadi. Kergelen oroli va uning yon atrofi dunyoda dovul eng ko’p bo’ladigan joy hisoblanadi. Okeanda suv harorati qavo harorati o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Suvining temperaturasi yuza qismida 20°, eng Janubda 0° dan past. Eng yuqori temperatura qizil dengiz va Fors qo’ltig’ida kuzatiladi: 30-32°. Sho’rligi shimoliy- g’arbiy qismida 35,5— 36%g, qizil dengiz va Fors qo’ltig’ida 40-41′ g, eng kam sho’rlik Bengaliya qo’ltig’i va Malayya orollari atrofida bo’lib, 30 — 34%g. Hind okeanida muzlar hosil bo’lishi Antarktida yaqinida kuzatiladi va shamol hamda oqimlar ta’sirida avgustda 55° j.k. va Fevralda 65-68° j.k.largacha yetib boradi. Aysberg 40 va 80° shq.u.larda ayniqsa ko’p. O’simliklari va hayvonot dunyosi. Hind okeani 2 ta biogeografik oblastga kiradi. Hind—tinch okean tropik oblasti va Antarktika oblasti. Hind— tinch okean oblasti planktonga boy. Fitoplankton, asosan, diatomeya va peridineya, shuningdek, havorang-yashil suvo’tlardan iborat. Radiodyariy, foraminifera, amfipodalar ayniqsa ko’p. Mo’tadil va Antarktika mintaqalarida eng ko’p tarqalgan planktonlar diatomeyalardir. Fitobentoslardan tropik mintaqada sargasslar, turbinariylar tarqalgan. Ohaktoshli suvo’tlar marjonlar bilan birga marjon qurilmalarini hosil qiladi. Hind okeanining suzib yuruvchi jonivorlari ham juda xilma-xil. Baliqlardan sardinella, anchous, stavrida, mayda tuneplar, kefal. dengiz laqqa baliqlari bor. Toshbaqa, dengiz ilonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan kit, kashalot, delfin, tyulen, dengiz fillari mavjud. Qushlardai chayka, Baklan, albatros, Janubda pingvinlar yashaydi. Endemik hayvon ko’p: ignaterililar, mollyuskalar, marjonlarning ko’p oilalari, baliqning 20 ta oilasi endemikdir. Antarktika o’lkasidagi 90% baliq epdemik hisoblanadi. Iqtisodiy geografik ocherk. Hind okeanining biologik mahsuldorligi turli qismlarida turlicha. Okeanning qirg’oqbo’yi qismlari, ayniqsa, shimoliy qirgoqbo’yi mahsuldor bo’lib, sutkasiga 250-500 mg/m: ga teng. Eng yuqori biologik mahsuldorlik Arabiston dengizida, sutkasiga 600 mg/ m2. Hind okeanining biologik boyliklari atlantika va tinch okeanlarnikidai kam emas. Biroq to’liq foydalanilmaydi. Jahonda ovlanadigan baliqning 3— 5%, ya’ni 3 MLM. tonnasi Hind okeaniga, uning 1,5 millopn tonnasi Hindistonga to’g’ri keladi. Yaqin va O’rta Sharq shelf zonasida neft va gazning yirik konlari topilgan. Hindiston, Sharqiy Afrika, G’arbiy Avstralim shelf zonalari istiqbolli hisoblanadi. Hindiston, Shri Lanka, G’arbiy Avstraliyaning sohil qismidagi qumlar ilmenit, pirkon, rutil va monasit sochilmalariga boy. Okeanning Markaziy chuqur qismidagi temir-marganes konkresiyalar jadal ravishda qazib olinmoqda. Hind okeanining transport ahamiyati katta. Hind okeanidan o’tgan tranzit yo’llar Atlantika va tinch okean portlarida tugaydi. asosiy dengiz yo’llari okeanning shimol qismida kenglik bo’ylab, Fors qo’ltig’idan Afrika qirg’oqlari orqali Atlantika okeaniga o’tadi. Suvaysh kanali orqali o’tgan suv yo’li ham muhim ahamiyatga ega. Hind okeani qirg’oqlarida Rastannura (Saudiya Arabistoni), Xark (Eron) va boshqa maxsus neft portlari, Adan, mumbay, kalkutta, Karochi, Yangon va boshqa universal portlar joylashgan. Hind okeanining asosiy ekologik muammolaridan biri okean suvining turli chiqindilar bilan ifloslanib borayotganligi. Bunda neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanish 1-o’rinda. Sanoat chiqindilari bilan birga suvga ko’p miqdorda mis, rux, margimush, surma, vismut tushadi. Ular muhitning fizik-kimyoviy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Okean suvini, xususan, Fors qo’ltig’i suvini chiqindilar bilan ifloslanishiga qarshi kurashish uchun 1978 yilda Kuvayt protokoli imzolandi. 1981 yilda shunday shartpoma qizil dengiz va Adan qo’ltig’i haqida ham tuzilgan. 1983 yilda Vellingtonda Antarktika florasi va faunasini muhofaza qilish to’g’risida Konventsiya imzolandi. 1984 yilda Sharqiy Afrika qirg’oqlari yaqinidagi suv muhitini muhofaza qilish rejasi tuzildi. Bularga muvofiq okeanning turli qismlarida tabiat, hayvon va o’simliklarni muhofaza qilish maqsadida rezervatlar tashkil etilgan. O’rganilish tarixi. Hind okeani haqidagi lastlabki tasavvurlarga uning sohillarida yashagan xalqlar ega bo’lganlar. Ular savdo va harbiy maqsadlarda Hind okeanining turli qismlarida suzishgan. Miloddan avvalgi 5-4 – ming yilliklarda Mesopotamiyada yashagan shumerlar Fors qo’ltigi va Arabiston dengizida suzganlar. Finikiyaliklar esa miloddan avvalgi 4-asrda qizil dengizdan chiqib, Afrikaning Sharqiy va Janub qirg’oqlari bo’ylab aylanib chiqqanlar. O’rta dengiz bo’yida yashagan xalqlar okeanla musson shamollardan foydalanib suzishgan. Yunon va rimliklar Bengaliya qo’lgigi orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo va Xitoy bilan aloqalar o’rnatganlar. Arablar 1— 8-asrlarla okean to’g’risida juda ko’p ma’lumot to’plashgan. 1441 yilda Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga dengiz orqali sayohat qilgan. Hind okeani va uning sohillari va Hindiston to’g’risida go’plagan ma’lumotlarini «ikki saodatli yulduzning balqishi va ikki dengizning qo’shilishi» asarining 2 bobida bayon etgan. Undan 27 yil keyin Hind okeaniga Afanasiy Nikitin, 56-57 yildan so’ng portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama borgan. Ibn Mojid ham o’z asarlarida qizil dengiz, Fors qo’ltig’i, Hind okeanida kemalarning suzish yo’nalishlarini tavsif-lab bergan. Hind okeani qirg’oqlarini aniqpash, Geografiyasini o’rganishga bagishlangan dengiz ekspeditsiyalari 18-asr oxirlaridan boshlandi. 1772-75 yillarda J.Kuk, 1803-06 yillarda I.F.Kruzenshtern va Yu.F.Lisyanskiy, 1815-16 va 1823-26 yillarda O.E.Kosebu tadqiqot ishlari olib borishdi. 19-20-asr boshlarida Hind okeanini o’rganish ishlari kengaydi. 1857-69 yillarda Arabiston dengizi va Bengaliya qo’ltig’ida suv osti telegraf kabellarini o’tkazish maqsadida okean tubi o’rganildi. 1898-99 yillarda Germaniya tashkil etgan chuqur suv ostini o’rganish ekspeditsiyasi Sharqiy Hindiston va Arabistoi — Hindiston suv osti tog’larini kashf etdi. 1906 yilda yana bir nemis kemasida olib borilgan o’lchash ishlari natijasida Yava botig’i kashf etildi. 20-asrda Hind okeanini xalqaro geofizika yili dasturi asosida «ob», «Lena» kemalarida tashkil etilgan ekspeditsiya o’rgandi. 1959-60 yillarda AQSh oke-anshunoslari G’arbiy Hind Sun osti tizma tog’laripi kashf etdilar. 1960— 65 yillarda Hind okeanida xalqaro ekspeditsiya bo’lib, uning dasturiga okeapni har tomonlama to’liq o’rganish kirtildi, unda 20 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etdi. Ekspeditsiya 2000 dan ortiq okeanologik stansiya tashkil qildi. Hozirgi vaqtda suv osti apparatlari yordamida ham kuzatish ishlari olib borilmoqda. 2004 yil dekabrda ro’y bergan zilzilalar va sunamidan keyin okeanni o’rganish yana ham kuchaytirildi.