Hind-Yevropa tillari

Hind-Yevropa tillari Yevrosiyoda mavjud bo’lgan, keyingi besh asr mobaynida esa shimol va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan yirik til oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy metod. Shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-Yevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni o’rganish asosida paydo bo’lgan. Shu sababli ham Hind-Yevropa tillari genetik aloqalariga ko’ra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita Hind-Yevropa tillarini o’rganish tajribasiga tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimologik) lug’atlar tuzishda ham Hind-Yevropa tillari uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi. Hind-Yevropa tillarining tarkibi quyidagilardan iborat: I) Xett-luviy yoki Anatoliy guruhi (kichik Osiyoda) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: miloddan avvalgi 18-13-asrlardagi mixxatli Xett yoki nesit (ilk yodgorligi — Xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq — diniy marosim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, epik va boshqalar mazmundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi 9-8-asrlardagi ieroglifik Xett tili; miloddan avvalgi 7-3-asrlarda (antik davrda) mavjud bo’lgan Likiy, lidiy, Kariy, sidet va boshqa qadimgi tillardir. 19-asr oxirlari va 20-asrda Xett-luviy tillari materiallarining o’rganilishi qadimgi Hind-Yevropa tillarining tipi haqidagi tasavvurlarga ham, hind- Yevropa bobo tilining qurilishi qanday bo’lganligi haqidagi tushunchaga ham juda katta o’zgartirishlar kiritdi; 2) hind yoki hind-oriy guruhi (Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat. Bular: qadimgi davrdagi Veda tili (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida yaratilgan «Rigveda» gimnlar to’plami), mumtoz, epik va budda variantlariga ega bo’lgan Sanskrit tili; o’rta davrga mansub prakritlar — o’rta hind tillari: pali, payshachi, magadhi, apabhransha va boshqa tillar; yangi davrga mansub hindiy, Bihar, Bengal, assom, oriya. marathiy, Singal, Sindhi, lendi, panjobi, rajasthani, gujarot, khandeshi, paxari, Nepal, Pariya (yaqinda O’rta Osiyoda aniqlangan). lo’li (Hindistonning o’zida bir necha shevalarga ega hamda jahon bo’ylab bir qancha variantlarda tarqalib ketgan) tillari; 3) eroniy guruhdagi tillar ham 3 davrga mansub bo’lib, bular quyidagilardir: qadimgi davrdagi Avesto (muqaddas matnlar to’plami «Avesto» yodgorligi tili), qadimgi Fors (Axomaniylar davridagi, miloddan avvalgi 6— 4-asrlarga mansub mixxat yozuvlari tili), midiy, skif tillari; o’rta eroniy davr (miloddan avvalgi 4-3-asrlar — milodiy 8-9-asrlar) ga mansub o’rta fors (yoki pahlaviy), parfiya, Sug’d, Xorazmiy, Baqtriya, Alan tillari; yangi eroniy davr tillari esa fors (forsiy, forsiyi dari), tojik, pushtu (pashto’, afg’on), yozuvga ega bo’lmagan Luriy va Baxtiyoriy lahjalari, baluj (baluch), tot, tolish, Gilon va Mozandaron, Markaziy va G’arbiy Eron lahjalari, parachi, ormuri, qumzori, munjon, yag’nob, osetin tillari, shuningdek, ko’plab pomir tillari; 4)toxar guruhi «toxar A» (Sharqiy toxar yoki Turfon) va «toxar B» (garbiy toxar yoki kuchan) tillaridan iborat; 5) arman tili qadimgi (milodiy 5-11- asrlar), o’rta (12-16-asrlar) va yangi (17-asrdan) arman tili o’zaro farqlanadi; 6) Frigiy tili (kichik Osiyoning g’arbiy qismi) miloddan avvalgi 8-3-asrlarga mansub qadimgi frigiy bitiklaridan ma’lum o’lik til; 7) frakiy tili (Bolqonning Sharqiy qismi va kichik Osiyoning shimoli-g’arbida) — miloddan avvalgi 6-5-asrlarga mansub bir qancha bitiklardan ma’lum o’lik til; 8) illiriy guruhi (Bolqonning g’arbiy qismi va qisman Italiyaning Janubi-sharqida) miloddan avvalgi 6— 1-asrlarga mansub, bir qancha Lugaviy birliklar, shaxs va joy nomini bildiruvchi so’zlarda saqlanib qolgan o’lik illiriy va messap tillaridan iborat; 9) alban tili milodiy 15-asrga mansub yozma yodgorliklardan boshlab ma’lum; 10) Venet tili (Italiyaning shimoli-sharqida) miloddan avvalgi 6-1-asrlarga mansub 250 dan ortiq bitiklar orqali ma’lum bo’lgan o’lik til; II) yunon (grek) guruhi asl yunon (qadimgi grek. — miloddan avvalgi 15— 11-asrlar), Gomer dostonlari tili (miloddan avvalgi 10-9-asrlar), o’rta grek tili (milodiy 1 —15-asrlar) kabi o’lik tillarni hamda yangi, zamonaviy grek tilini qamrab oladi; 12) italiy guruhi (Apennin yarim orolida) qadimgi davrdagi lotin tilini (dastlab Rim shevasi maqomida bo’lib, keyinchalik butun Italiyaga, Yevropaning katta qismiga, shimoliy Afrikaga tarqalgan, miloddan avvalgi 6-asrga mansub bitiklardan ma’lum o’lik til), osk, falisk, umbr, sikul tillarini hamda yangi davrdagi roman tillarinn qamrab oladi; roman guruhi frantsuz, oksitan (provansal), ispan, Katalan, galisi(ya), portugal, italyan, sard, reto-roman, rumin, moldovan, arumin (aromun) va 19-asrdan o’lik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat. Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sun’iy tillar paydo bo’lgan; 13) kelt guruhi (G’arbiy Yevropaning chekka qismi — Irlandiya va Shotlandiyadan Pireney yarim oroligacha bo’lgan hududda) 3 guruhchaga (Gall, Britt, goydel) bo’linadi. Bu guruhga Gall (o’lik), Uels, Breton, korn (o’lik), irland, shotland (gel), kelt, keltiber, men (o’lik) va boshqa tillar kiradi; 14) german guruhi o’z navbatida 3 guruhchaga bo’linadi: Sharqiy german [o’lik tillar — got (milodiy 4-asrdan ma’lum), vandal, burgund va boshqalar g’arbiy german [yuqori nemis, nemis, itsish (yangi yahudiy). quyi nemis, niderland (golland), flamand, Afrikaans (bur), qadimgi ingliz (o’lik), ingliz, Friz tillari] va shimoliy german [Islanddan (dat), shved, norveg (bir-biridan farqlanuvchi 2 adabiy shakli bor), Farer tillari] guruhchalari; 15) Boltiq guruhi odatda g’arbiy Boltiq prus, yatvyaj (sudav), galind (golyad), shalav kabi o’lik tillar va Sharqiy Boltiq (litva, latish — jonli tillar, kursh, selon — o’lik tillar) guruhchalariga ajraladi; 16) slavyan guruhi ham o’z navbatida 3 guruhchaga bo’linadi: Janubiy slavyan eski slavyan (10— 11-asr yodgorliklaridan ma’lum o’lik til) va jonli tillar: bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari, g’arbiy slavyan (Chex, slovak, polyak, kashub kabi jonli tillar hamda o’lik polab tili va boshqa bir qancha lahjalar) va Sharqiy slavyan (rus, ukrain, Belorus tillari) guruhchalari. Shubhasiz, yuqoridagilardan boshqa Hind-Yevropa tillari ham mavjud bo’lgan. Ularning ba’zilari izsiz yo’qolib, «o’lib» ketganlar, ba’zilari esa u yoki bu darajada toponimika materiallarida hamda substrat so’zlarda saqlanib qolgan. Yana boshqa bir tillarning (masalan, etrusk tili) esa Hind-Yevropa tillariga mansubligi masalasi hanuzgacha hal etilmagan. Hind-Yevropa tillarining davr va makon qamrovi juda ulkan: davr nuqtai nazaridan Hind-Yevropa tillari mavjudligi miloddan avvalgi 2-ming yillik avvalidan boshlansa, makon nuqtai nazaridan esa g’arbda Atlantika okeani qirg’oqlaridan Sharqda Markaziy Osiyogacha, shimolda Skandinaviyadan Janubda O’rta dengizgacha bo’lgan ulkan hududda mavjud bo’lgan; keyingi 500 yil ichida ingliz, ispan, frantsuz, portugal, niderland, rus kabi yangi Hind-Yevropa tillarining keng tarqalishi, yoyilishi bu tillarning barcha qit’alarda paydo bo’lishiga, asosiy yoki ikkinchi, yordamchi til sifatida qo’llana boshlashiga sabab bo’ldi. Hind-Yevropa tillarining tarqalishida tabiiy-tarixiy tarzda yoki mustamlakachilik siyosati tufayli ro’y bergan aholi (xalqlar, elatlar) migrasiyasi ham katta rol o’ynagan. Hind-Yevropa tillari tarmog’ining dialektal bo’linishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning, Boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligini, italiy va kelt tillarining esa bir qadar yaqinligini ko’rsatish mumkin. Bunday yaqinlik va o’xshashliklar boshqa til guruhlarida ham kuzatiladi. Hind-Yevropa tilshunosligi tarixining bir yarim asrdan ko’proq davri mobaynida Hind-Yevropa tillarining tarkibi haqidagi tushuncha odatda tillarning ko’payib borishi tomon o’zgargani kabi (masalan, Hind-Yevropa tillarining dastlabki yadrosi, o’rganilish ob’yekti sanskrit, yunon, lotin, german tillari bo’lgan bo’lsa, keyinchapik bu doira kelt, Boltiq, slavyan tillari, alban va arman tillari, 20-asrda esa Xett-luviy va toxar tillari hisobiga kengaydi), bu tushuncha hozir ham unchalik barqaror emas, chunki hali chuqur o’rganilmagan, to’la o’qish imkoni bo’lmagan tillar anchagina. Rus olimi V.M.Illich-Svitich tomonidan Hind-Yevropa tillarining yanada qadimiyroq qarindoshlik aloqalari haqidagi nazariya ilgari surilgan. Unga ko’ra, Hind-Yevropa tillarining «Nostratik» deb ataluvchi va som-hom (afroosiyo), Ural, Oltoy, dravid va kartvel singari yirik til oilalarini qamrab oluvchi ulkan oila bilan qarindoshlik aloqalari bir qator fonetik va qisman morfologik moslik (o’xshashlik)lar bilan isbotlangan. Hind-Yevropa tillarini o’rganish, birinchidan, qiyosiy-tarixiy metodnnng kelib chiqishiga va qiyosiy-tarixiy tilshunosliknnng paydo bo’lishiga, ikkinchidan, bu sohaning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdagi alohida bir bo’lim — hind-yevropashunoslik tarzida shakllanishiga sabab bo’ldi. Ll.Meye A., Vvedsnie v sravnitslnoe izuchenis indoevropeyskix yaznkov, PSR. s angl., M.-L., 1938;Portsig V., Chlenenie Indo-evropeyskoy yaznkovoy oblasti, Per. s Nsm., M., 1964; Ivanov V.V., Obsheindoevro-peyskaya, praslavyanskaya i anatoliyskaya yazmkovms sintezm, M., 1965; Il l i ch-S vitmch V.M.. Opit sravneniya nostraticheskix yazikov. Sravnitelniy slovar [t. 1-3|, M., 1971-84; Yaziki Azii i Afriki, t. 1-2. In-doevropeyskie yaznki, M., 1976-78; GAMK-relidze T.V., Ivanov V.V., Indo-yevropeyskiy yaznk i indoevropeytsn. Rekon-struktsiya i Istoriko-tiiologicheskiy analiz prayazmka i protokulturn, kn. 1-2, Tbilisi, 1984; Sravnitslnoe yazmkoznanie i istoriya yazmkov. L., 1984. Abduvahob Madvaliev, Ilhom Madrahimov, O’roq Lafasov.