«Hindiston»

«Hindiston», «tahqiq molil hind min ma’kula maq-bula fil-aql AV marzula» («hindlarning aqlga sig’adigan va sigmaydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi») — Beruniyning tarixiy asari. 1030 yilda Hindiston xalqlari tarixining turli sohalari (aniq fanlar, adabiyot, falsafa, elshunoslik, geografiya, etnografiya, qonun va urf-odatlar, din, dipiy rivoyatlar, hind yozuvining turlari va boshqalar)ga bag’ishlab Arab tilida yozilgan. Asar 80 bobdan iborat. Beruniy o’z asarida bizgacha yetib kelmagan sanskritda yozilgan ko’pgina manbalardan foydalangan. Bu asar G’arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. «Hindiston»ning Arabcha matni 1887 yilda, uning inglizcha tarjimasi 1888 yilda nemis olimi E.Zaxau tomonidan Londonda nashr etilgan. 1958 yil «Hindiston»ning Arabcha matni Haydarobodda, 1963 yilda rus tilida, 1965 yil o’zbek tilidagi tarjimasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida nashr etilgan. Asar hind madaniyati tarixini yoritishda muhim manba hisoblanadi. Ld.Abu Rayhon Beruniy, Hindiston, T, 1965.