Hojiyev Jovvat
Hojiyev Jovvat (1938.4.7, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), fizika- matematika fanlari Doktori (1977), professor (1979). Moskva universitetining mexanika-matematika fakultetini (1962) va aspiranturasini (1965) tugatgan. 1965 yildan Toshkent universitetida assistent (1965-67), katta o’qituvchi (1967-69), dotsent (1969-78), professor (1978-98), matematika fakulteti dekani (1971-85), algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi mudiri (1985-98). Ilmiy ishlari invariantlar nazariyasi va uning tatbiqlari (xususan egri chiziqlar va sirtlar differentsial geometriyasi) ga, gruppoidlar nazariyasi va ularning tatbiqlari (xususan, qator algebraik sistemalarning tub radikalining xossalarini o’rganish)ga hamda funktsional analiz topologik yarim maydonlar nazariyasiga, lokal-kompakt gruppalarning lokal qabariq fazolardagi tasvirlar nazariyalariga oid. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1995). As.Teoriya invariantov binarnix form, T., 1978; Prilojenie teorii invariantov k differentsialnoy geometrii krivix, T, 1988; Algebra va sonlar nazariyasi kursi (darslik) (hamkorlikda), T., 2001.