Hufuf, al-Hufuf

Hufuf, al-Hufuf — Saudiya Arabistonining shimoliy-Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Transport yo’llarining muhim chorrahasi: Jidda — Arriyod — Rastannura avtomagistral yo’lidagi transport manzili. Temir yo’l stantsiyasi. Tsement zavodi bor. Xurmoga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan: hajga boruvchilar uchun maxsus kiyim-bosh (ihrom kiyimi) tikiladi, movut to’qiladi, kumush va oltin buyumlar tayyorlanadi. Hufufning g’arbida yirik Gavar neft konlari bor (mamlakatda qazib olinadigan neftning 1/2 qismini beradi).