Husanov Ziyamat Usmonovich
Husanov Ziyamat Usmonovich (1921. 9.5, Chimkent viloyati, Sayram — 1986.18.1) — 2-jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1942 yildan front-da. 228-gvardiyachi o’qchi polki (Janubiy-G’arbiy front 57-armiyaning 78-gvardiyachi o’qchi diviziyasi)ning pulemyot raschyoti komandiri. 1943 yil iyulda Belgorod viloyatining Dal-Nie Peski aholi punktida bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1944.22.2). Sayram qishlog’idagi maktabda o’qituvchi bo’lib ishlagan. Belgorod shahrining faxriy fuqarosi.
O‘xshash so‘zlar
- Husan
- HUSANOV MAMANAZAR
- Husanov Sherzod Alimovich
- Husayn Ali
- Husayn Boyqaro, Husayniy
- Husayn ibn Ali
- Husayn ibn Musallab, Amir Husayn
- Husayn Jovid






