Husnixat
Husnixat (chiroyli yozuv) -chiroyli yozish san’ati. Arab xati turlari (kufiy, nasx, suls, nasta’liq va boshqalar) musulmon Sharqining yirik madaniy markazlarida keng tarqaldi hamda taraqqiy etdi. Husnixatni o’rganish asosida 2 — «nazariy» (mashhur xattotlarning yozuvlaridan nusxa ko’chirish) hamda «xayoliy» (turli yozuvlarni o’rganish va qiyoslash) uslubi yotadi. Xattotning asosiy ish qurollari — qora va rangli siyoh, qog’oz, qamish-qalam, mistar, davot (qalamdon), juzgir va qalamning uchini tekislash uchun pichoq. Xattotlar matn bilan birga me’moriy yodgorliklar (kitobalar), qog’oz, mato va hokazolarga bezaklar ham yaratganlar. 20-asr 2-yarmidan kitobat san’atini qayta tiklashga urinishlar Husnixatning qayta jonlanishini ta’minladi.