Ichki Mongoliya
Ichki Mongoliya – Xitoy tar- kibidagi Muxtor rayon. Mamlakat shim. da. Mayd. 1,2 mln. km2. Aholisi 23,5 mln. kishi (1998); Xitoy, mongol, dungan, manjur, koreys, evenk va b. yashaydi. Ma’- muriy markazi — Xux-xoto sh. Qadimda I.M. hududi Jan. mongol knyazliklari tasarrufida bo’lgan, 1636 y.da manjur- lar qo’l ostiga o’tgan. Ular key-inchalik Xitoyda o’z hukmronligini o’rnatganlar va bu hudud Xitoy tarki-biga kirgandan so’ng I.M. deb atala boshlagan. 1931-45 y.larda I. M.ni yaponlar bosib olgan. 1945 y.da ulardan ozod qilingan. I. M.ning Sharqiy qismida katta Xingan tog’lari (bal. 1949 m gacha) va Sun- lyamo tekisligining bir qismi, g’arbiy qismida bargi tekisligi, Gobi cho’lidagi yassitog’lik, Inshan tog’lari va Ordos platosi bor. Er yuzasining balandligi kup joylarda 500-1500 m, eng baland qismi 3000 m. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning urtacha t-rasi shimolida -30°, Jan.da -6°, iyulniki shim.da 20°, ja-n. da 24°. Yillik o’rtacha yog’in 100-500 mm. I.M.ning shim.da tayga o’rmonlari, Markaziy qismida boshokli dasht o’simliklari o’sadi. Eng katta daryosi — Xuanxe. Ko’l ko’p. I.M.— agrar r-n, yalpi mahsulot qiymatining 3/4 qismini q.x. beradi. Dehqonchilik etakchi o’rinda. Hududining 1/10 qismidan ko’prog’i haydaladi. Asosan, donli ekinlar ekiladi. Chor- vachilik q.x.dan olinadigan mahsulot qiymatining 1/3 qismini beradi (mamla- katdagi mavjud chorvaning 10% i I.M.ga to’g’ri keladi). Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’nchilik sanoatlari rivojlangan. Mahalliy xom ashyo bazasida qora metal- lurgiya, energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlar vujudga kelgan. Yog’och tayyor- lanadi. Yakshidagi qog’oz kti mamlakatda- gi eng yirik qog’oz k-tlaridan biridir. Pekin — Baotou t.y. I.m.ni Xitoyning shim.sharqi va sharqi b-n, Szinin — er- Lyan t.y. Mongoliya b-n bog’laydi.