«Igor jangnomasi» muallifining nomini aniqlash mumkinmi?

Qadimgi rus adabiyoti yodgorliklaridan eng mashhurini kim yozganligi to’g’risidagi masala hanuzgacha hal bo’lmasdan turibdi. Garchi «jangnoma» topilgan paytdan beri deyarli ikki yuz yil o’tgan bo’lsa-da, olimlar uning muallifini tinimsiz izlashni davom ettirmoqdalar. Eng qiziqarli farazlardan biri akademik B. A. Ribakov tomonidan ilgari surilgan va asoslangandir. «Igor jangnomasi» matnini unga zamondosh adabiy va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan, shuningdek o’shanda ro’y bergan tarixiy voqealar bilan ham muqoyasa qilgan alloma uning muallifi faqat o’n ikkinchi asrning eng o’qimishli kishilaridan biri bo’lishi mumkin, degan xulosaga keladi. A. B. Ribakovning fikricha, Pyotr Borislavich — kiyevlik zodagon — boyarin, diplomat va mingboshi unvoniga, ya’ni kivlik boyarlar sarkori unvoniga erishgan harbiy arbob — shunday odam edi. Qizig’i shundaki, B. A. Ribakovning kitoblari nashr etilganidan keyin dunyoga kelgan asarlar uning farazini tasdiqlaydi. Shunday ekan, endi biz, aftidan, ajoyib yodgorlikning muallifi aniqlangan, deb aytishimiz mumkin.