Ildiz chirishi, rizoktonioz
Ildiz chirishi, rizoktonioz — q.x. ekinlarining ildizi va po- yaning ildiz, bo’g’zi qismi kasalligi. Makka-jo’xori, g’o’za, sabzavot, poliz ekinlari, kanop, tok va b. kasallanadi. Kasallikni Rhizoctonia Solani Kuhn. zam-burug’lari va ba’zi bakteriyalar ko’zg’a-tadi. Ildiz qorayib, chirib ke- tadi, ildiz bo’g’zida qoramtir-qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi, ular bir-biri b-n ko’shilib, ildizni halqa shaklida o’rab oladi, ayrim hollarda o’q ildiz va yon ildizlar ingichkalashadi. Po’stloqning zararlangan joylari yoriladi, o’simlik so’lib, qurib qoladi. Qo’zg’atuvchilar tuproqda saqlanadi va rivojlanadi. G’o’za, kartoshka, bug’doy, javdar, qand lavlagi, sabzi, bodring, qovun, qovoq, karam I.ch. dehqonchilikka katta zarar etkazadi. O’zbekistonda g’o’zaning I.ch. keng tarqalgan kasallik, hamma erda uchraydi. Bu kasallik tufayli har yili 250-300 ming ga maydonda chigit xato- siga, ba’zan butun maydonga qaytadan ekiladi. Chigit chiri-shi, maysalarning chirishi, o’simlik nihollarining bi- rinchi rivojlanish fazasidayoq chirishi kabi ko’rinishlari bor. G’o’zada I. ch. ning boshlanish davrida (agar tuproq namli- gi kamayib, havo harorati ko’tarilsa) nihollarining bir qismi sog’ayib keta- Di. Biroq ko’pchilik o’simliklar ildiz bo’g’zida parazit zamburug’ta’siridan vujudga kelgan uzunchoq po’kaklashgan dog’lar — kasallik belgisi saklanib qoladi. Kurash choralari: erlarni tekis- lash, tuproqqa sifatli ishlov be- rish, urug’likni optimal chuqurlikka ekish, tuproq qatqalog’iga qarshi ku- rash, urug’likni dorilash, parniklar tuproqlarini fungisidlar b-n dorilash. Ad.: Mavlonov O., G’o’zaning ildiz ka- salligi va unga qarshi kurash, T., 1979.