Ilk libos qanday ko’rinishda bo’lgan?

Bashariyat tarixidagi eng birinchi liboslardan biri sxenti — matodan uncha keng bo’lmagan yo’l-yo’l tarzda tayyorlangan tog’lar girdida aylantiriladigan va xipcha belga qistiriladigan ko’ylak — bo’lgan. Chorvador xalqlarda u ko’ndan tikilgan kalta yubka ko’rinishiga ega edi. Qizig’i shundaki, qadimgi Misrda sxenti nafaqat erkaklarning, qolaversa xotin-qizlarning libosi ham edi. Tafovut esa ayollarning uning ustidan kalazires deb ataluvchi ko’ylakni kiyishida bo’lgan. Tadqiqotchilar erkaklar va ayollar liboslarining o’zaro yaqinlashuvi, ba’zida esa to’lig’icha mos kelishi yer yuzidagi barcha qadimiy xalqlarga xos ekanligini aniqladilar. Faqat to’quvchilik va hayvonlar terisiga ishlov berish san’ati rivojlanishi bilan erkaklar va ayollar kiyim-kechaklari bir-biridan farqlanish kasb eta boshladi. Ko’ylak esa faqat qadimgi Ossuriya va Bobilda umrguzaronlik qilgan xalqlar turmushida vujudga kelgan. Keskin tabiat sharoitlari buningdek libosning yuzaga kelishini juda-juda zarur qilib qo’ygandi. Bunday ko’ylak kandi (arabchasi-qunti) deb atalgan. Uni gazlamadan yoki maxsus yupqa namatdan tikishardi. Ko’ylakni belbog’ bilan kiyishgan, chunki uning bo’yi to’piqqacha yotib borar edi.