Illyustrasiya
Illyustrasiya (lot. illustration — yoritish, ko’rgazmali tasvirlash) — tasviriy san’atning adabiy asar (ki- tob, jur., gaz.) ning obrazli talqini b-n bog’liq sohasi. Matnga qo’shimcha tarzda uning mazmunini obrazli yori- tishga, to’ldirishga xizmat qiladi. Ilk qo’lyozma kitoblar paydo bo’lgan davrlar- da yuzaga kelgan. Dastlab qo’lyozmalar mi-niatyuralar b-n bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuza- ga kelishi I. ni grafshapshnt etakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6-7- a. larda dastlabki ksilografiyaga oid I., 16-a. oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-a. boshlarida paydo bo’lgan, gullab yashna- gan davri 18— 19-a. boshlariga to’g’ri keladi. Evropada (15-a.) I. miniatyura san’ati b-n uzviy bog’liq bo’lgan, Di- niy, didaktik, keyinchalik insonparvar g’oyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-a. oxiriga kelib I. mustaqil kom- pozisiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. 18-a. da I. b-n kitobning aloqasi mustah- kamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. 18-19- a. lar chegarasida tasviriy vosita — ko’ndalang, kesmali gravyura va litogra- fiya yuzaga keldi; 19-a. uchun tugallangan I. — alohida varaqlardagi kompozisi- yalar hamda matndagi engil chizgilar xos bo’ldi. 20-a. ga kelib rassomlar bir ada- biy matnga turlicha yondoshib, uni turli- cha talqin eta boshladilar. 20-a. 20-y. laridan I. g’oyaviy va este- tik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol o’ynadi, texnik imkoniyatla- ri kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatchi- lik xususiyatlari na-moyon bo’ldi, kitob va I. birligi kuchaydi, bolalar kitobi I. si rivojlandi. Ko’pvaraqli turkum- larni yaratilishi I. ni dastgohli grafi- ka b-n yaqinlashtirdi. Sharqda, jumladan o’zbek san’ati- da I. ishlash qadimdan mavjud bo’lgan. O’rta aerlarda klassik shoirlarning asarlariga I. ishlash keng tarqalgan. Ka-moliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir ras- somlar shu sohada samarali ijod qilib, Alisher Navoiy, Bobur va b. klassik shoirlarning asarlarini nafis mi- niatyuralar b-n bezagan. Biroq o’zbek I. sining haqiqiy rivoji 20-a. ga to’g’ri keladi. Bu davrda o’zbek I. si uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrla- ri kengaydi. Usto Mo’min (A. Nikolaev), ‘.Kaydalov, L. Abdullaev, V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va b. rassomlar shu sohada samarali ijod qildi. O’zbekistonlik rassomlar badi- iy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarla- rining zamonaviy va go’zal be-zalishiga samarali hissa qo’shmoqda. Ilmiynazariy matn (makala, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yori- tadigan, ma’ruzalarda fikrni tasavvur qilishga yordam beradigan ko’rgazmali tasvirlar (reproduktsiya, fotosuratlar, turli chizmalar) ham I. deb ataladi. Ne’mat Abdullaev.