Ilmi ramal
Ilmi ramal (Arab. — bashoratchi- lik ilmi) — folbinlik, astrologiyaning bir turi. Sharq mamlakatlari, xususan, O’rta Osiyo, Eron, Hindiston, Arabiston xalqlarida keng tarqalgan edi. Kishi- larning tabiat va jamiyat hodisalarini, kelajakni oldindan bilishga intilishi natijasida kelajakni ko’ra bilishning ilmiy va g’ay-riilmiy ko’rinishlari paydo bo’ldi. Kishilar olam haqidagi ta- savvur va tu-shunchalari ibtidoiy bo’lgan davrlarda yulduzlar harakati va holati, osmondagi sirli hodisalar — Sayyora- lar, oy, Quyoshlarning harakatlari, Quyosh va oylarning tutilishi, daryolarning to- shishi, so’yilgan molning ichakchavoqlari holatiga qarab, tomir ushlab yoki erga tosh-danaklar sochib rom ochganlar. Pod- sholar safarga otlanishdan oldin yoki biror muhim ishni boshlashdan oldin sa- roydagi maxsus rammol (rom ochuvchi) lar- ga murojaat qilganlar. Romchilarning fikrlariga qarab, biror qarorga kelgan- lar. I.r. g’ayriilmiy bo’lib, hoz. zamon fani uni qat’iy rad etadi. Ilmiy basho- ratning I. r. b-n hech qanday aloqasi yo’q (yana q. Bashorat).