ILMIY UNVON
ILMIY UNVON – oliy o’quv yurt lari o’qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlarta beriladigan unvon. O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlarida dosent va professor, ilmiy tadqiqot muassasalarida katta ilmiy xodim, professor. Ilmiy unvonlari joriy etilgan. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo’lgan va oliy o’quv yurti yoki ilmiy tadqiqot muassasasida pedagogik yoki ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida yetarli malaka ko’rsatgan shaxslarga oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladi.