ILON ELTUVCHI
ILON ELTUVCHI (lotincha Ophiuchus) -ekvatorning ikki tomonida joylashgan katta yulduzlar turkumi. Belgisi Oph. Ilon yulduzlar turkumini kesib o’tgani va yerdan qaraganda go’yo uni ko’tarib ketayotgandek ko’ringani uchun shunday ataladi. Ilon, Gerkules, Burgut, qavs va Aqrab yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Eng yorug’ yulduzi 2-kattalikda. Yoz paytlarida yaxshi ko’rinadi.