Indeyslar

Indeyslar — Amerikaning tub aholisi (eskimoslar va aleutlar- dan tashqari). Umumiy soni 35 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Eng yirik xalqlari — kechua, aymara, asteklar, Mayya, guarani, araukanlar va b. Qit’ani kashf etgan Kolumb bu erni Osiyoning bir bo’lagi — Hindiston, aholini esa Hin-dular deb o’ylagan. Kolumbning xa- tosi aniqlangandan keyin ham qita Vest-Indiya (G’arbiy Hindiston), tub aholi Amerika I.i deb nomlanib kelin- gan. Amerika qitasini evropaliklar tomonidan o’zlashtirilishi natijasida ko’plab qabilalar butunlay yoxud qisman qirib tashlangan, boshqa r-nlarga siqib chiqarilgan. AQSh va Kanadada maxsus ajratilgan joy (rezervasiya) larda yasha- shadi. Boliviya va Gvatemala aholisining ko’pchilik qismini tashkil qiladi. EV- ropaliklar b-n aralashish natijasida metislashib ke-tishgan (k,. Metislar). Tili — indeys tillari, shuningdek, I.ning salmoqli qismi ispan (Lotin Amerikasi) va ingliz (shim. Amerika) tillarida ham so’zlashadi. I. antropolo- gik jihatdan mongoloid irqqa mansub, lekin Osiyo mongoloidlaridan burun- ning cho’ziqligi va ko’z qisiqligining yo’qligi b-n farq qiladi. I. hozir 90 ga yaqin qabila va qabila uyushmalaridan iborat. Dindorlari —xristian katoli- klar, protestantlar, shuningdek, sinkre- tik (aralash) dinlar va an’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud. I. Amerika qit’asiga bundan 20-30 ming yillar ilgari shim.Sharqiy Osiyo- dan ko’chib o’tganlari haqida arxe-ologik dalillar mavjud. O’sha vaqtlarda Ame- Rika Alyaska orqali Osiyo b-n tutash edi, 10-6 ming yilliklarga kelib, tabiiy geografik sharoitning o’zgarishi nati- jasida Osiyo Amerika qit’asidan ajra- lib ketgan. Buni I. tilida ko’plab qad. turkiy tilga xos so’zlar va atamalar sa- klanib qolganligi ham isbotlaydi. I. geografik yashash sharoitlariga qarab dehqonchilik, temirchilik, ovchilik b-n shug’ullanadi. Ularning ko’pchiligi xristian bo’lsalarda, to-temistik va animistik tasavvurlar kuchli saklanib qolgan. Lotin Ameri-kasidagi ko’pgina qabilalar mustamla-kachilar tomonidan qirib tashlandi. Ularning ayrimla- ri o’zlarining urf-odatlarini saklab keldi. Meksikanlar, gvatemallar, Pa- ragvaylar, perularning millat bo’lib shakllanishida I. asosiy komponentlar- dan biri bo’lgan. Ayrim mamlakatlarda (mas, AQShda) I. amerikanlarga singib bormoqda. I. jahon xalqlari madaniyati- ga muqim hissa qo’shgan. Ko’pgina xalqlar kartoshka, mais, kungaboqar, kakao, tama- ki etishtirishni I.dan o’rgangan. San’ati. Markaziy Amerikada va and viloyatida evropaliklar istilo-siga- cha nafis san’at yaxshi rivojlangan edi, lekin istilochilar uning ta-raqqiyotini to’xtatib qo’ydi. Ibtidoiy jamoa tuzu- mi sharoitidagi ko’pgina urug’larning san’ati turmush va moddiy i.ch. b-n uzviy bog’langan edi. Unda ovchilar, baliqchilar va dehqonlarning mifologik tasav- vurlari o’z aksini topdi. I.ning bosh- panasi ayvon, qub-ba va gumbaz shakli- dagi chaylalardan iborat bo’lgan. I. o’ymakorlik, kashtachilik, to’qimachilik b-n shug’ullanadi. Turli urug’lar ora- sida parranda patlaridan, keramika va yog’ochdan har xil buyumlar, figuralar tayyorlash san’ati rivojlangan. Meksi- ka, Boliviya, Gvatemala, Peru, Ekvadorda u mustamlakachilik davri va yangi zamon xalq san’ati uchun zamin bo’ldi. Li.: Knorozov Yu. V., Pismennost indeytsev Mayya, M. — L., 1963; karimul- Lin A. G., Indeytsi Ameriki i Drevnie tyurki, M., 1996.