Individuallik

Individuallik (lot. individuum — bo’linmas) — muayyan narsa va Hodi-sa, shaxs va jonivorning o’zigagina xos, betakror, xususiy belgi – lar. Belgi sifatlarining o’ziga xosligi b-n I. umumiylikka (individ esa umum- ga) qaramaqarshi qo’yiladi. Dastlab, I. antik davrda atokli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, ya’ni o’ziga xos belgi- larga ega bo’lgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (ya’ni, bo’linmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida ma’lum bo’lgan. Qad. Rim faylasufi Seneka I. tushunchasini yanada takomillashtiradi. I. o’ziga xos xususiyatlarni va mazmunini yo’qotmay turib, boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini e’tirof etgan. O’rta asrlar falsafasi- da I. inson shaxsi tushunchasini ifo- dalagan. 17 – a. da I. b-n bog’liq fikr- mulohazalar nemis faylasufi Leybnis ta’limotida atroflicha rivojlantiri- ladi. I. nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham o’z ifodasini topdi. I. romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir. Hoz. I. tushunchasi ilmfanda turli ma’nolarda ishlatiladi. Mas, biologi- yada I. biror organizmga xos irsiy yoki keyinchalik paydo bo’lgan xususiyatlar- ning o’ziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir shaxsning fikrlashi, sezgi- si, irodasi, istak va intilishi, ehtiyoji, qiziqishi, Kay-fiyati, hissiyoti, ahvoli, xattiharakati, odati, mayli, qobiliyati va b. sifatlarini, shuningdek, mijozi va tabiatining o’ziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda I. olomonga, gurux- ga zid tushuncha sifatida o’rganiladi. Adabiyotshunoslikda I. badiiy obraz- ning o’ziga xos xususiyatlari asarda qay darajada hayotiy, haqqoniy aks ettiril- ganini ko’rsa-tadigan mezon bo’lib xiz- mat qiladi. Badiiy asar qahramonining o’ziga xosligi uning milliyligi va qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligini ham belgilaydi. Yozuvchining o’ziga xos tili va uslubiga xos belgilar xam I.ni tashkil etadi.