Ingalyasiya

Ingalyasiya (lot. inhalatus — na- FASga olmoq) — dori moddalarni nafas yo’llari (hiqildoq, kekirdak va o’pka) ga kiritish usuli. Tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tog’larda siyrak havodan, dengiz bo’yida suv va tuz b-n to’yingan havodan nafas olish, ignabargli o’rmonlarda ozon, balzamli bug’, mineral buloklar yonida vodorod sulfid yoki karbonat an- gidrid aralashgan havodan nafas olish tabiiy I.ga kiradi. Sun’iy I .da maxsus shifobaxsh moddalar tutun, bug’, aerosol (q. Aerozol-terapiya), gaz, quruq kukun, nam yoki moyli tuman holida iskala- Di (xalq tabobatida sun’iy I. burnaki ham deyiladi). Sun’iy I.da purkagich (pul-verizator)ga o’xshash tuzilgan Max- sus apparat — ingalyator dan foydala- niladi. Uyda, mas, bug’I. qilish uchun idishga issiq suv quyiladi, bemor idish ustiga engashib, boshi va idish ustiga sochiq yopib, suv bug’laridan 5— 10 min. nafas oladi (issiqsuvni vaqt-bevaqt qo’shib turish mumkin). I., asosan, nafas yo’llarining kasalliklarini davolash- da qo’llanadi. Qon ketishiga moyil ki- shilarga, yurak-tomir sistemasi va o’pka kasalliklarida I. qilish yaramaydi. I. ovqat eb bo’lgach, 1 — 1,5 soatdan keyin qilinadi. Uy sharoitida turli portative cho’ntak in-galyatoridan foydalaniladi.