Ingliz tili
Ingliz tili — hind-Evropa tillari oilasining g’arbiy german til- lari guruhiga mansub. I. t. BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Ame- Rika, Avstraliya, yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi ko’pgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda er yuzidagi 400 mln. dan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va shim. Irlandiya, AQSh, Av- straliya, yangi Zelandiya, Kanada (Fran- suz tili b-n birga), Irlandiya (irland tili b-n birga), Hindiston va 15 ta Af- Rika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, ugan- da, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qo’llaniladi. I. t. mil. AV. 5-6-a.larda kad. Ger- man qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Kad – I. t. (7— 11-a.lar) anglosaks tili deb atalgan va 4 shevaga ega bo’lgan: nortumbriy, Mersiy, uessek va kent. 9-11-a.larda uessek she- vasi asosida adabiy I. t. shakllangan. O’rta I. t. (12-15-a.lar) ur-g’usiz un- lilarning reduktsiyaga uchrashi nati- jasida fe’llik so’z birikmalari ko’p o’zgarishlarga uchragan. 16-17-a.larda yangi I.t. yuzaga kelgan. Hoz. I. t. o’z hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shim., Jan., Markaziy shevalar guruhi, AQShda Sharqiy, O’rta Atlantika (Markaziy), Jan.Sharqiy, o’rta, g’arbiy shevalar guruhi mavjud. I. t. fonematik tizimi- da o’ziga xos unlilar va undoshlar mav- jud. Boshqa german tillaridan I. t. ana- litik qurilish belgisi b-n farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi so’zlar (artikl, yordamchi fe’- llar, predloglar) va so’z tartibi kata ahamiyatga ega. I. t. boshka tillar (lotin, frantsuz, italyan, ispan va b.)dan 70% ga yaqin so’z qabul qilgan. I.t.ning Amerika- cha variantini Buyuk Britaniya varianti- dan farqini shu b-n izohlash mumkinki, Shim. Amerikaga dastlab ko’chib kelgan- lar (1607) London va uning atrofidan, keyingilari esa shim. Britaniya va ir- landiyadan kelishgan. AQSh tilida bri- taniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yo’q. Prof. X. Kurat taxriri ostida chiqqan «AQSh va Kanadaning til- shunoslik atlasi»da (1939) etti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli bo’lgan AQShning Markaziy va shim. viloyatlari shevalari ajratib ko’rsatilgan; u AQShda asosiy adabiy me- ‘Yor hisoblanadi. I.t.ning amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari o’rtasidagi farq leksikada va ma’lum darajada fo- netikada na-moyon bo’ladi; grammatikasi- dagi farq sezilarli emas. I. t.ning mav- jud Kanada, Avstraliya, yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. I. t. yozuvi lotin alifbosi asosida.