INTERFAZA

INTERFAZA (lotincha inter — oraliq, phasis — yuzaga chiqish, namoyon bo’lish) — bo’linadigan hujayralarda ikkita ketma- ket mitotik bo’linish oralig’idagi davr, hujayra tsiklining bir qismi; mitoz xususiyatini yo’qotgan hujayralar (mas, neyronlar)da oxirgi mitoz bilan hujayra o’lgunicha o’tgan davr. Hujayraning tinim davrini ham Interfaza deyish mumkin. Interfazada hujayralarning bo’linishiga, ixtisoslashishiga va ularning to’qima uchun xos bo’lgan muayyan funktsiyani bajarishga tayyorgarligi uchun zarur moddalar sintezlanadi. Hujayra tsikli uchun kerakli vaqtning 90% ga yaqini Interfazadan iborat. Interfazada xromatin spirallashmagan holatda bo’ladi. Faqat ikki qanotli hasharotlar va ayrim o’simliklarning politen xromosomalari butun Interfaza davomida spiral holatda turadi.